"Real" Tibo Kurtua gripp sababli Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida "Barselona"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. Biroq The Athletic nashri xabar berishicha, belgiyalik darvozabon hali ham "el-klasiko"da maydonga tushishga umid qilmoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Kurtua optimistik kayfiyatda va futbol maydoniga chiqishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, "Real" Tiboning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutmoqda.
Ko‘rinishidan, yakuniy qaror Tibo Kurtuaning kechqurun o‘zini qanday his qilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ispaniyadan keladigan yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.













