Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zPFL 2015 yilgi chempionlik uchun «Paxtakor»ga mukofot pulini hozirgacha bermagan

O‘zPFL 2015 yilgi chempionlik uchun «Paxtakor»ga mukofot pulini hozirgacha bermagan

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Farhod Magomedov “Interfutbol” gazetasi uchun intervyu berdi.

Suhbat davomida Magomedov O‘zbekiston Yoshlar Ligasida hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligiga oydinlik kiritgan. Bunga sabab sifatida o‘smirlar va yoshlar futbolidagi natijalar shundoq ham ijobiy ekani ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, 2016 yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoasi Osiyo Chempionatining chorak finalidan qaytib keldi. Temur Olimxo‘jayev jamoasi Iroqdan yengilib, mundialga yo‘l ola bilmagan bo‘lsa, Jasur Abduraimov murabbiylik qilgan mamlakat yoshlar terma jamoasi JCH yo‘lida Eronga imkoniyatni boy berdi va Osiyo Chempionatini tark etdi.

Shuningdek, shu yilning yanvar oyida Samvel Babayan ustozlik qilgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Rio-2016 saralashi doirasida bo‘lib o‘tgan qit’a chempionatida ishtirok etib, guruh bosqichidan keyinoq ortga qaytib kelgandi.

Farhod Magomedov bilan suhbat davomida “Interfutbol” gazetasi muxbiri “Paxtakor” futbol klubining 2015 yilgi chempionligi uchun va’da qilingan mukofot puli hali ham berilmaganini eslatib o‘tgan.

Buni inkor etmayman. Chunki o‘ziga yarasha sabablari bor. “Paxtakor”dagilar ham bundan xabardor. Bu mavzuga hali yana qaytamiz.

O‘ziga yarasha sabab aslida nima ekaniga esa oydinlik kiritilmagan.

Qayd etish kerak, “Paxtakor” chempionlikni nishonlaganiga roppa-rosa 1 yil to‘ldi. Unga qadar PFL 2016 yilgi mavsumni yakunlab, Toshkentning boshqa bir klubi “Lokomotiv”ni chempion deb e’lon qildi. Mavsum oldidan esa PFL chempion klubni rag‘batlantirishi kerak bo‘lgan mukofot puli masalasini yo‘q qilgandi.

PFLning 2015 yil uchun tuzilgan reglamentida nafaqat chempion, balki kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan klublar, shuningdek, 1-ligada peshqadam bo‘lgan klub va O‘zbekiston Kubogida g‘alaba qozongan jamoaga ham pul mukofoti borligi aytilgan.

2015 yilgi mavsumda Oliy Ligada “Paxtakor”dan keyingi o‘rinlarni “Lokomotiv” va “Nasaf” egallagan, O‘zbekiston Kubogida g‘oliblik “Nasaf”ga nasib etgan. “Obod” futbol klubi esa 1-ligani chempion sifatida yakunlab, Oliy Ligaga yo‘l olgan. Chempion “Paxtakor”ga mukofotini bermagan PFL, qolgan klublarga uni taqdim etgan yoki yo‘qligi ma’lum emas.

Qayd etish kerak, 2016 yilgi mavsumda G‘uzorning “SHo‘rtan” futbol klubi legioner futbolchidan qarz bo‘lib qolgani uchun PFL tomonidan 3 ochkodan mahrum qilingan, keyinchalik esa qarzini to‘lashga majbur etilgandi.

Farhod Magomedov 2017 yilgi mavsumda Oliy Liga klublari uchun belgilab berilgan badal puli qanchani tashkil etishi 30 dekabr sanasiga qadar hal bo‘lishini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, 2016 yilgi mavsumni Oliy Ligada o‘tkazgan futbol klublari PFL hisob raqamiga 150 million so‘mdan o‘tkazib bergandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:44, 28.12.2016.
O'qildi: 8136 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.