Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Everton" va "Vest Bromvich" Shneyderlin bo‘yicha yaxshiroq taklif bildirmoqchilar

"Everton" va "Vest Bromvich" Shneyderlin bo‘yicha yaxshiroq taklif bildirmoqchilar

Baho:
+ | -

"Everton" va "Vest Bromvich" klublari hamon "Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Morgan Shneyderlinga qiziqmoqdalar va yaqin vaqtlar ichida fransuz futbolchisi uchun yaxshiroq taklif bildirishni rejalashtirmoqdalar.

Shneyderlin bo‘yicha "MYU" va "Everton" o‘rtsidagi muzokaralar boshlang‘ich bosqichda va "iris"larining 19 million funtlik birinchi takliflari rad etilgan.

"Vest Bromvich" qishki transferlar chog‘ida fransuz futbolchisini asosiy nishon hisoblaganlar, ularning ham 18 million funtlik birinchi takliflari rad etilgach, to‘lanadigan tovon pulini oshirish niyatidalar.

Manchesterliklar 27 yoshli futbolchini 24 million funtga sotmoqchilar. Futbolchi 2015 yilda aynan shu summaga "Sautgempton"dan sotib olingan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:37, 04.01.2017.
O'qildi: 3943 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик