Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Qozog‘istonlik futbolchi «Olmaliq»da ko‘rikdan o‘tmoqda

Qozog‘istonlik futbolchi «Olmaliq»da ko‘rikdan o‘tmoqda

Baho:
+ | -

"Olmaliq" klubining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qozog‘istonlik futbolchi ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqda Sports.kz sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, olmaliqliklarning Yangi yil bayramigacha Toshkentda o‘tkazilgan yig‘inida 23 yoshli Temirlan Yerlanov qatnashgan. Jumladan, futbolchi «Olmaliq»ning «Mash’al»ga qarshi nazorat o‘yinida ishtirok etgan.

Temirlan Yerlanov shu paytgacha Qozog‘istonning «Sunkar», «Vostok» va «Ordabasi» jamoalari safida o‘ynagan. U paytgacha Qozog‘iston Premyer-ligasida 11ta o‘yinda maydonga tushgan. Jumladan, 2016 yilda u "Ordabasi" safida 3ta o‘yinda qatnashgan. Futbolchi 2016 yil so‘ngida Qozog‘iston terma jamoasiga nomzod sifatida tilga olingan.

Qozog‘istonlik o‘yinchi "Olmaliq"ning navbatdagi yig‘inida ishtirok etishi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda "Olmaliq" klubini bungacha bir necha yil davomida Qozog‘iston chempionatida ishlagan Viktor Kumikov boshqarmoqda.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 18:42, 04.01.2017.
O'qildi: 8245 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик