Rossiya terma jamoasi darvozaboni Igor Akinfeev maktabda jismoniy tarbiya darslarini qoldirgani va qoniqarsiz baho olganini tan oldi.
"Men "ikki" olar edim, chunki jismoniy tarbiya darsiga bormasdim. Barcha yosh futbolchilar shanba-yakshanba kuni Moskva chempionati turlarida qatnashar edilar. Bizda juma kuni ikkita jismoniy tarbiya darsi bor edi. Men unga doim bormasdim - o‘zimni ayardim, jarohat olishdan qo‘rqardim. Chempionatda qatnashmaslik fojiaga teng edi. Menga biologiya va geografiya fanlari yoqar edi - juda yaxshi fanlar", - deydi Akinfeev.