Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Vinisius «Real»ni tekinga tark etishi mumkin

Vinisius «Real»ni tekinga tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

Hujumchi Vinisius Juniorning «Real» bilan shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi. Diario AS nashrining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi shu yozda klubda qolishga va har qanday holatda ham amaldagi shartnomasi muddatini oxirigacha yetkazib qo‘yishga qaror qilgan.

Forvard kelajagini «Real» bilan bog‘lamoqchi, biroq «qaymoqranglilar» rahbariyati muzokaralarda unga yon bosmasa, keyingi yozda erkin agent sifatida ketishga tayyor. Xabar qilinishicha, Vinisius dastlabki talablariga qaraganda maosh miqdorini sezilarli darajada kamaytirgan, ammo «Real» murosaga kelishga u qadar shoshilmayapti.

Muzokaralarning ma’lum bir bosqichida tomonlar kelishuvga yaqin kelishgan edi, biroq keyinchalik jarayon yana boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Yangi muhokamalar jahon chempionati yakunlanganidan keyin bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:38, 10.06.2026.
O'qildi: 557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик