Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Yevropaning uchta klubi «Real» hujumchisini sotib olmoqchi

Yevropaning uchta klubi «Real» hujumchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi forvardi Gonsalo Garsiya yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda El Debate nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bir yo‘la bir nechta klub hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga da’vogarlik qilmoqda. Gap Dortmundning «Borussiya», «Real Sosyedad» va «Komo» klublari haqida bormoqda. Ehtimoliy transfer summasi taxminan 30 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida Garsiya «qirollik klubi» safinda 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Gonsalo o‘z hisobiga 6 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 22 yoshli futbolchining «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:19, 10.06.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик