Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

«PSJ»dan omadli va ishonchli debyut

«PSJ»dan omadli va ishonchli debyut

Baho:
+ | -

2017-yil parijliklar uchun ko’tarinki kayfiyatda boshlandi. Shanba oqshomida, poytaxt jamoasi «Bastiya»ni qabul qildi va 7-0 hisobida «yanchib tashladi». Fransiya Kubogi 1/32 bosqichining ilk matchidayoq «PSJ» barchasini hal qildi deyishimiz mumkin.

«PSJ» birinchi bo’limda Tiago Silva (30-daqiqa) va Adryen Rabyoning (43-daqiqa) urgan gollari evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Tanaffusdan so’ng «PSJ» muxlislarini gollar shodasi bilan yana hushnud etdi. Avvaliga Nkunku 48-daqiqada hisobni yirik ko’rinishga olib keldi. Uning uzoqdan bergan zarbasini «Bastiya» posboni qaytara olmadi. Ben Arfaning ajoyib uzatmasini esa Tiago Motta boshi bilan yo’llab golga aylantirdi.

Lukas, Anxel di Mariyaning gollari hisobni ancha yirik ko’rinishga olib keldi. “PSJ”ning qishki transfer bozoridagi ilk xaridi Yulian Draksler debyutini 58-daqiqadan boshladi. 89-daqiqada “Volfsburg”ning sobiq o’yinchisi o’z nomini tabloga yozdirib qo’ydi. Hech kim uning debyuti bunday omadli chiqishini kutmagani aniq.

Ushbu bahsda korsikaliklar yetakchi futbolchilarisiz ishtirok etdi. Jamoa parijliklar qarshisida ojiz qoldi. Yannik Kauzak va Enso Krivellilarning yo’qligi jamoa o’yiniga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. “Bastiya” har jabhada Unay Emeri shogirdlaridan yengildi. O’yindan oldingi matbuot anjumanida “Bastiya” bosh murabbiyi Fransua Chikkolini yilni “PSJ”ga qarshi bahs bilan boshlash sovg’a emasligini alohida ta’kidlab o’tgandi.

Rabyo, ajoyib qaytish

Terma jamoadagi ilk uchrashuvida jarohat olib deyarli ikki oy maydondan tashqarida qolib ketgan Adryen Rabyo ajoyib sport formasida ekanligini ko’rsatib berdi. Yarim himoyachi ikkinchi golga mualliflik qildi. Uning chamasi 30 metrlardan bergan ajoyib zarbasiga “Bastiya” darvozaboni hech qanday qarshilik ko’rsata olmadi.

Qolgan daqiqalarda o’rtacha o’yin namoyish etgan Rabyo 57-daqiqada o’z o’rnini yangi jamoadoshi, Drakslerga bo’shatib berdi. Og’ir jarohat olib ancha vaqt davolangan yarim himoyachining o’yini ko’pchilikda yuqori taassurot qoldirdi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:06, 08.01.2017.
O'qildi: 6022 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик