Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Akram Bahriddinov: “Neftchi” jamoasi bilan yuqori natijalar qayd etmoqchiman”

Akram Bahriddinov: “Neftchi” jamoasi bilan yuqori natijalar qayd etmoqchiman”

Baho:
+ | -

Farg‘onaning “Neftchi” klubi qishki transferlar paytidagi ilk xaridlarini amalga oshirishni boshladi.

O‘tgan mavsum “Navbahor” safida xarakatlangan, “Paxtakor” futbol akademiyasi tabriyalanuvchisi, asli namanganlik bo‘lgan Akram Bahriddinov “Neftchi”dagi dastlabki taassurotlari hamda rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

– Jamoaga meni bosh murabbiy Andrey Fyodorov taklif qildi. Farg‘onaga kelishimdan asosiy maqsad bu yerda futbolchi sifatida o‘smoqchiman.  Xususan jamoani ijobiy natijalar qayd etishida o‘zimning xissamni qo‘shish niyatidaman. “Neftchi” jamoasi safida chiroyli o‘yinlarim va muhim gollarim bilan farg‘onalik muxlislar mehrini qozonish ham rejalarim tarkibiga kirgan. Jamoa katta murabbiyi Murod Muzaffarovich bilan avval ishlaganmiz. “Neftchi” klubida barchasi menga manzur bo‘ldi. Mashg‘ulotlar jarayoniga ham murabbiylar tomonidan professional darajada yondoshilgan. Jamoani Andrey Fyodorovdek kuchli murabbiyga ega ekanligini alohida aytib o‘tish o‘rinlidir. Andrey Vitalyevich yaxshi va samimiy inson sifatida menda taassurot qoldirdi. O‘zi ham avval professional futbolchi bo‘lgani uchun o‘yinchilar bilan qanday ishlashni yaxshi biladi. O‘z navbatida futbolchiga talabi kuchli murabbiydir. Jamoa safida darvozabon O‘tkir Yusupov bilan Qarshining “Nasaf” jamoasida birga o‘ynaganmiz. “Neftchi”ga kelishdan avval O‘tkir bilan jamoa haqida suhbatda bo‘ldik va Yusupov ham meni Farg‘onaga chorladi.  Shuningdek Abbos Maxstaliyevni yoshlikdan bilaman. O‘tgan yilgi natijalar albatta “Neftchi”ga yarashmadi. Yangi mavsumda klub ko‘rsatkichlarini faqat yuqorida bo‘lishi uchun harakat qilamiz, – dedi Akram Bahriddinov.

Akram Bahriddinov

Tug‘ilgan sanasi: 02.10.1992
Tug‘ilgan joyi: Namangan shahri
Ampluasi: Yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari:  “Paxtakor” (yoshlar) “Nasaf” (Qarshi) hamda “Navbahor” (Namangan)

Akram Bahriddinov o‘tgan mavsumda Namanganning “Navbahor” jamoasi safida 26 ta bahsda ishtirok etib 2119 daqiqa harakat qilgan. Futbolchi mazkur uchrashuvlar davomida 7 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 15:11, 11.01.2017.
O'qildi: 6243 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.