Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Samvel Babayan O‘zbekiston termasining BAAdagi yig‘ini uchun tarkibni e’lon qildi

Samvel Babayan O‘zbekiston termasining BAAdagi yig‘ini uchun tarkibni e’lon qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 21–24 yanvar kunlari BAAda qisqa muddatli yig‘in o‘tkazadi.

Samvel Babayan shogirdlari yig‘in doirasida 22 yanvar kuni Daniya U-23 termasiga qarshi, 23 yanvar kuni esa Gruziya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi BAAdagi yig‘inga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Murodjon Zuhurov (“Bunyodkor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Aleksandr Merzlyakov (“Buxoro”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Bobur Yo‘ldoshev (“Lokomotiv”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Shuhrat Muhammadiyev (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Salamat Quttiboyev (“Buxoro”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”), Shohruz Norxonov (“Obod”), Igor Sergeev (“Paxtakor”).

“Nasaf” jamoasi OCHL–2017 o‘tish bosqichida Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi 31 yanvar kuni bahs olib borishi va unga tayyorgarlik ko‘rishi sababli qarshiliklar tarkibidan yig‘inga futbolchilar jalb etilmadi.

Bo‘lajak yig‘in FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar BAAdagi o‘quv-mashg‘ulotlariga taklif etilmadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahridagi o‘quv-mashg‘ulotlarida Armaniston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

O‘zbekiston terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash boschiqi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. 

Terma jamoa JCH–2018 turniriga saralash boschiqi navbatdagi — 6-turini 23 mart kuni Suriyaga qarshi safarda o‘tkazadi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:04, 14.01.2017.
O'qildi: 20378 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик