Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Maskerano: "Messi va "Barselona" bir-biriga kerak"

Maskerano: "Messi va "Barselona" bir-biriga kerak"

Baho:
+ | -

"Barselona" himoyachisi Xavyer Maskerano Ispaniya chempionatida "Las-Palmas" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (5:0) fikrlarini bildirdi.

"Messi va "Barselona" bir-biriga kerakligiga shubha qilmayman. O‘zaro munosabat juda yaxshi, umid qilamanki, Messi bu yerda qoladi.

"Atletik" va "Las-Palmas"ni mag‘lub etib, yanada kuchliroq bo‘ldik va g‘alabalar seriyamiz uzoq davom etadi deb umid qilaman.

Vidal baxtiyor, biz esa uning uchun xursandmiz. U asosiy tarkibdagi o‘rni uchun uzoq kurashdi.

Chorak finalda "Real Sosyedad" bilan uchrashuv qiyin bo‘ladi, ayniqsa, safardagi o‘yin. Bizni qiyin o‘yinlar kutib turibdi, ammo biz yarimfinalga chiqishni xohlaymiz", - deydi Maskerano.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:25, 15.01.2017.
O'qildi: 5922 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик