Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Karlush Keyrush: «Eron termasining saralash bosqichidagi natijalari salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin»

Karlush Keyrush: «Eron termasining saralash bosqichidagi natijalari salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi – Eron termasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida iste’fosi rad etilganidan so‘ng rasmiy bayonot matnini e’lon qildi.

63 yoshli mutaxassis  Eron futbol federasiyasi (EFF) bilan yuzaga kelgan o‘zaro ziddiyat va kelishmovchiliklardan so‘ng milliy terma jamoadan ketish haqida ariza yozgandi. Keyinroq EFF prezidenti Mehdi Taj Keyrushning iste’foga chiqish arizasini rad etgani haqida ma’lum qilingandi.

Quyida Karlush Keyrushning rasmiy bayonoti matni keltirilgan.

“Iste’foga chiqish haqida ariza yozganimdan so‘ng quyidagi bayonotni e’lon qilmoqchiman:

1. Dubaydagi yig‘in davomida Eron termasi bilan yuzaga kelgan ziddiyatlardan so‘ng 6 yanvar kuni EFF prezidentiga tovon pulini talab qilmagan holda iste’foga chiqish haqida xat yozdim.

2. Ushbu qaror EFF prezidenti Mehdi Taj roziligi bilan muhokama qilindi.  EFF prezidenti Branko Ivankovich (“Persepolis” ustozi) qarshiligi va boshqa sabablarga ko‘ra JCH–2018 uchinchi saralash bosqichiga tasdiqlangan tayyorgarlik rejasini amalga oshirish uchun sharoiti va vakolati yo‘q ekanini aytdi.

3. Tayyorgarlik rejasi va rivojlanish uchun sharoit yo‘qligi sababli men Eron termasining kelajagi va Jahon chempionatiga chiqish borasidagi muammolari haqida professional munosabatimni bildirdim.

4. Iste’fo haqida azirani taqdim etganimdan so‘ng, EFFdan rasmiy rad javobini oldim.

5. EFF rahbariyati va prezidentining mazkur qarori mening professional mahoratim, Eron termasiga bo‘lgan sadoqatim isboti deb tushundim. Ushbu lavozimda qolish menga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi.

6. Biroq, shuni aniq ma’lum qilmoqchiman-ki, Branko Ivankovich va boshqa sport agentlarining doimiy qarshiligi tufayli Eron termasini saralash bosqichida peshqadam qilgan hamda mamlakat futboli nufuzini oshirgan tayyorgarlik rejasi yakuniga yetdi.

7. JCH–2018 turniri final bosqichiga yo‘l olish uchun harakat qilayotgan boshqa raqiblardan farqli o‘laroq, bundan buyog‘iga Eron terma jamoasining tayyorgarlik imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi va faqat FIFA kunlarida, standartlar va qoidalarga muvofiq o‘yin o‘tkazadi.   

8. FIFA tomonidan cheklangan tayyorgarlik rejasini qo‘llab-quvvatlamayman va bu Eron termasining saralash bosqichidan o‘tishiga salbiy ta’sir o‘tkazishiga ishonaman.

9. Yakunda bir narsani aniq qilib aytmoqchiman: yangi tayyorgarlik rejasi bir tomonlama qaror bo‘lib, EFF rahbariyati va prezidenti uni qabul qildi hamda butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi” – deyiladi Karlush Keyrushning bayonotida.  

Ma’lumot uchun, JCH–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Eron 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 08:31, 15.01.2017.
O'qildi: 15456 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.