Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Floyd Meyvezer: Konor Makgregordan boshqa hech kim bilan jang qilmayman

Floyd Meyvezer: Konor Makgregordan boshqa hech kim bilan jang qilmayman

Baho:
+ | -

Amerikalik sobiq bokschi Floyd Meyvezer UFC chempioni Konor Makgregordan boshqa hech kimga qarshi ringga ko‘tarilmasligini aytdi. 39 yoshli sportchining so‘zlarini Boxingscene keltirdi.

«Agar jang Konor Makgregorga qarshi bo‘lsa, men uchun bu ahamiyat kasb etadi. Boshqa raqib bilan jang qilishning ma’nosi yo‘q. Men biznesmenman. Odamlar ko‘ngilxushlikni istaydi. Jangni tashkil qila olsak, katta mablag‘ ishlab olamiz», – dedi Meyvezer.

14 yanvar kuni Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt Meyvezer va Makgregor jangi uchun har ikki sportchiga 25 million dollardan to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Floyd Meyvezer Konor Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar UFC chempioni bokschilik lisenziyasini olganidan keyin paydo bo‘ldi. Irlandiyalik jangchi Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar ishlab olish istagini bildirgandi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Makgregor faoliyatini 2008 yilda boshlagan. Shu vaqtgacha u 23 ta jang o‘tkazib, 20 tasida (17 tasida nokaut bilan) zafar quchgan va 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan.

2015 yili bokschilik faoliyatini tugatgan 39 yoshli Floyd Meyvezer professional ringda 49 ta jang o‘tkazib, barchasida (26 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:52, 16.01.2017.
O'qildi: 10916 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.