Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Xayrulla Hamidov blogi: Gudzon mo‘’jizasi

Xayrulla Hamidov blogi: Gudzon mo‘’jizasi

Baho:
+ | -

Bu haqda Gollivud ham film ishladi. Kimsan, Tom Xenks bosh rolda. Gudzon mo‘’jizasi. 2009 yilning 15 yanvar kuni 1549 reysi bo‘yicha uchishni boshlagan samolyot Nyu Yorkning Gudzon daryosiga qo‘nadi. Naq daryoning o‘rtasiga. Uchuvchi Chesli Sallenberger halokatga uchrashga mahkum bo‘lgan samolyotni antiqa qaror ila suvga qo‘ndirishga majbur bo‘lgan. Voqea va film yurakni jizillatadi, albatta. Bu filmni tomosha qilar ekansiz, tabiiyki uchuvchining yonini olasiz, unga muxlislik qilasiz, tergovda ham u yutib chiqishini istaysiz.

Qanday tergov deysizmi? Mo‘’jiza qahramonining ushbu qarorini muhokama qiluvchilar, undan ayb qidiruvchilar ham topiladi. Nima uchun u shunday qaltis ishga qo‘l urdi? Nima uchun 155ta odamning jonini garovga boylab, daryo o‘rtasiga qo‘ndi? Hech kim bilan kelishmay, nima uchun o‘zicha shunday qarorga keldi? Shunga o‘xshash savollar bilan Cheslining qonini ichishadi. Film davomida u o‘zining haqligini isbotlaydi.

Menga bu filmda yoqqan narsa nima bo‘ldi, aytaymi? Joni omon qolgan bo‘lsa ham, qahramonlik ko‘rsatgan bo‘lsa ham, uchuvchining QARORi borasida kechgan muhokama yoqdi. Nima uchun shu qarorga kelgani borasida tekshiruv o‘tkazishgani yoqdi. Har qancha iste’dodli bo‘lsa-da, nima uchun o‘z eksprementini odamlar ustida qilganini tushuntirib berishi talab etildi. Menga shu yoqdi. Chesli yutib chiqdi, o‘zining haqligini isbotladi, lekin undan voqea tafsiloti so‘raldi. Voqeaning ildizi o‘rganildi, uchuvchi o‘zining haqligini isbotlash uchun o‘z sohasining nozik jihatlarini ochib berdi. Mana shuncha narsalarni bilib olishimiz uchun ham o‘sha tergov, o‘sha tekshiruv shart edi, tushunyapsizmi, shart edi!

Ba’zan klublarimiz, terma jamoamiz yenggan o‘yinlarda xatolar, kamchiliklar tahlil qilinsa, xafa bo‘ladigan mutaxassislarimiz bor. Ular shu filmni tomosha qilib qo‘yishsa yaxshi bo‘lardi. Zotan, tavakkalchilik evaziga qozonilgan har qanday qahramonlikni-da muhokama qilsa bo‘lar ekan, ularning ishlari ham tahlil qilinaveradi. Agar zo‘r bo‘lishsa, Tom Xenks qahramoniga o‘xshab o‘zlarining haqliklarini isbotlab berishsin, shunda film tomoshabiniga o‘xshab muxlislarimiz ham rohatlanishardi.

Ha, futbol ham hayotga o‘xshaydi. Aytsinlar, qanday qilib yengganlarini aytib berishsin, to‘g‘rimi?! Faqat boy berilgan o‘yinlar muhokama qilinmasligi kerak, uni hamma eplaydi va unga barcha murabbiy jim turishga majbur. Zafarli damlardagi tahlil ancha xolis bo‘ladi va ulardan ko‘p narsa o‘rganiladi. Hech qursa, keyingi halokatlar oldi olinadi.

Manba: maydon.uz
Kiritildi: 10:55, 18.01.2017.
O'qildi: 12880 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик