Kirish Ro'yxatdan o'tish

Hamza Karimov "Neftchi" tarkibiga qo‘shildi

Hamza Karimov "Neftchi" tarkibiga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning “Neftchi” futbol klubi Oliy liga-2017ga tayyorgarlikni Toshkent shahrida olib bormoqda.

Poytaxt yig‘ini boshlanishidan avval jamoa “So‘g‘diyona”dan Muzaffar Muzaffarov va “Navbahor”dan Akram Bahriddinovlarni o‘z safiga rasman qo‘shib olganini ma’lum qilgandik. Toshkent yig‘in doirasida yana bir yangi nomga guvohi bo‘lishimiz mumkin. O‘zining “Nasaf” jamoasidagi ishonchli o‘yinlari bilan muxlislarga tanilgan tajribali Hamza Karimov “Neftchi” jamoasi mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildi. Shuningdek o‘tgan mavsumni “Metallurg”da o‘tkazgan Saidjon Abdujabborov ham “Neftchi” ixtiyorida ekanligini aytib o‘tish joiz.

Bugun farg‘onaliklar “Metallurg”ga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik bahsida ishtirok etishadi. O‘yin “Chilonzor” stadionida soat 14:00da boshlanadi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 11:52, 18.01.2017.
O'qildi: 6968 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик