Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Aleksis – Pyanich almashuvi sodir bo‘ladimi?

Aleksis – Pyanich almashuvi sodir bo‘ladimi?

Baho:
+ | -

Qishki transferlar mavsumi bo‘lishiga qaramasdan Evropaning grand klublari bir qator muhim haridlarni amalga oshirib ulgurishdi. Yaqindagina “PSJ” o‘z safiga Jahon chempioni Drakslerni qo‘shib oldi. “Manchester Siti” esa yirik transferlarga qo‘l urishini ko‘plab futbol nashrlari bot-bot takrorlashmoqda.

Odatda, yirik haridlarni yozgi transfer oyida amalga oshirishga odatlangan grand jamoalar chempionatlaridagi kuchli raqobatlar tufayli yanvar oyida futbol olamidagi muhim haridlarni amalga oshirish payida. “YUventus” jamoasi ham bundan mustasno emasdek. Klub Paulo Dibala – Gonsalo Iguain duetini Aleksis Sanches bilan to‘ldirib, shiddatli hujum uchligiga aylantirmoqchi. Bu transferni amalga oshirish uchun esa jamoa futbolchining transferiga Miralem Pyanichni ham kiritmoqchi.

«Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir yarim yil qolganida Aleksis Sanches transfer bozoridagi talabgor futbolchiga aylandi. Uning to‘pchilar safida ko‘rsatayotgan ajoyib o‘yinlari bunga sabab bo‘lmoqda. Aleksisning transferiga jiddiy qiziqish bildirayotgan klub faqatgina “YUventus” emas. Chililik futbolchini “PSJ», “Manchester Siti” va “CHelsi” jamoalari ham o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Londonliklarning etakchilaridan biri bo‘lgan Aleksis Italiyada yana o‘z kuchini sinab ko‘rishi mumkin. “Barselona”ga ko‘chib o‘tishdan oldin 2008-2011-yillar oralig’ida «Udineze» safidagi ko‘rsatgan o‘yinlari muxlislarning yodida.

Tuttosport nashriga ko‘ra, turinliklar Aleksisni olib kelish uchun transferga Miralem Pyanichni ham qo‘shmoqchi. O‘tgan mavsumda “Roma”dan kelib qo‘shilgan bosniyalik futbolchiga “Arsenal” jamoasi ham qiziqishgan edi. O‘z navbatida “keksa sinyora”ning sport direktori Juzeppe Marotta bosniyalik futbolchini jamoada olib qolish istagida.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 15:19, 19.01.2017.
O'qildi: 6932 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.