Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Jokovichni mag‘lub etgan Istomin Australian Open’da 3-bosqichdan o‘ta olmagan. Bu safar nima bo‘ladi?

Jokovichni mag‘lub etgan Istomin Australian Open’da 3-bosqichdan o‘ta olmagan. Bu safar nima bo‘ladi?

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raketkasi, jahon reytingida 117-pog‘onada borayotgan Denis Istomin «Katta dubulg‘a» turkumidagi Australian Open–2017 turniri ikkinchi davrasida dunyoning 2-raketkasi – serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqib, qariyb 5 soat davom etgan bellashuvda sensasion g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik tennischining mazkur musobaqaning amaldagi chempioni ustidan erishilgan g‘alabasi xalqaro nashrlarning e’tiboriga tushdi. 30 yoshli sportchi bitta g‘alaba bilan Twitter’ning jahon trendiga ham chiqdi.

Denis Istomin musobaqaning uchinchi davrasida ispaniyalik Pablo Karreno Busta bilan nimchorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi. 25 yoshli tennischi jahon reytingida 31-o‘rinda qayd etilgan.

Tennischilar faoliyati davomida 2 marta o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lib, har ikki safar Karreno Bustaning qo‘li baland kelgan. Istomin va Busta o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 21 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan ertalab 9:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Uchinchi davraga yetib kelib, 97 ming dollarni naqd qilgan o‘zbekistonlik tennischi navbatdagi o‘yinda muvaffaqiyatga erishsa, jami 165 ming dollar mukofot puli ishlab oladi.

Denis Istominning Australian Open’da qayd etgan eng yaxshi natijasi 2010 va 2014 yillarga tog‘ri kelgan bo‘lib, har ikki safar o‘zbekistonlik tennischi uchinchi davragacha yetib borgandi. E’tiborlisi, har ikki safar ham u Novak Jokovichga mag‘lub bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:49, 20.01.2017.
O'qildi: 13835 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.