«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi APL 22-turidan o‘rin olgan «Stok Siti» (1:1) klubiga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Natijada, 31 yoshli hujumchi «qizil iblislar» safidagi 250-golini urdi. Bu borada u Bobbi Charltondan o‘zib ketib, «MYU» tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.