Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Qo‘qon-1912» nazorat o‘yinida «So‘g‘diyona»ga yutqazdi

«Qo‘qon-1912» nazorat o‘yinida «So‘g‘diyona»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

«Qo‘qon-1912» Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

O‘yinda jizzaxliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Birinchi bo‘limda har ikki jamoada hisobni ochish uchun qulay imkoniyatlar vujudga kelganiga qaramay, gol urish hech kimga nasib etmadi.
Ikkinchi bo‘limda “So‘g‘diyona” futbolchilari hisobni ochdi. Izzatilla Abdullayevning zarbasidan so‘ng to‘p himoyachiga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi. Birozdan keyin, Akmal Abdurahmonov ikkinchi gol muallifi bo‘ldi.
Shundan so‘ng «Qo‘qon-1912» hujumga zo‘r berdi. Ketma-ket ikki marta Andrey Sidorovning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuniga va to‘siniga tegdi. Qolgan daqiqalarda hisobni o‘zgartirish hech kimga nasib etmadi.

Nazorat uchrashuvi
“So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912” – 2:0 (0:0)
Gollar: Izzatilla Abdullayev, Akmal Abdurahmonov
“So‘g‘diyona”: Muzaffar Abdullayev, Elyor Orifov, Azamat Isroilov, Ulug‘bek Xudoyberdiyev, Sardor Eminov, Sarvar Jo‘rayev, Doston Abduraxmonov, Suxrob Qobilov, Rabbim Hasanov, Sanjar Rashidov, Ixtiyor Toshpo‘latov.
Zaxiradan tushganlar: Sarvar Karimov, Rustam A’zamov, Izzatilla Abdullayev, Omonjon Halilov, Akmal Abdurahmonov, G‘ulom O‘runov, Sunnatilla Mamadaliyev, Qahramon Baxodirov, Berumiy Abdunabiyev, Orifxo‘ja Abduxoliqov
“Qo‘qon-1912”: Aziz Ashurov, Jalil Kimsanov, Darko Gojkovich, Nikola Valentich, Suhrob Berdiyev, Jamshid Hasanov, Bahodir Akramov, Oybek Rustamov, Javohir Sidiqov, Muhammadanas Hasanov, Nosir Otaqo‘ziyev.
Zaxiradan tushganlar: Nikita Ribkin, I.Abdullayev, Shohrux Xolmatov, Iqbol Malikjonov, Avazxon Mamatxo‘jayev, Ibrohim Rahimov, Sobir Hamidov, Orif Mamajonov, Andrey Sidorov, Islombek Karimov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 14:43, 23.01.2017.
O'qildi: 5030 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик