Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Floyd Meyvezer o‘zini Muhammad Alidan ham buyukroq ekani haqida aytdi

Floyd Meyvezer o‘zini Muhammad Alidan ham buyukroq ekani haqida aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Beshta vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan bokschi Floyd Meyvezer ESPN telekanali jurnalistining Muhammad Ali boks tarixidagi eng buyuk kishi degan fikriga qo‘shilmadi.

«Bokschini qaysi mezonlar asosida baholaymiz? Shaxsiy fikrlarimizni ilgari sursak, to‘g‘ri, Ali tengsiz. Lekin biz kamroq zarba o‘tkazib yuborish va rekordlar o‘rnatish borasida bahslashsak, u holda Floyd Meyvezer eng yaxshi» - dedi Meyvezer.

Floyd Meyvezer suhbat davomida Muhammad Alini yaxshi ko‘rishini tan olgan, shu bilan birga o‘zining undan yaxshiroq qirralari so‘zlashga harakat qilgan.

«Muhammad Ali — afsona. Mening ayni vaqtda shu yerda turishimga ibtidoni aynan u qo‘yib bergan. Biroq gap rekordlar va janglar haqida ketganida ko‘pchilik Alining 7 tagina g‘alabasi bo‘lgan bokschidan mag‘lub bo‘lganini unutib qo‘yadi.

Men Ali qarshisida shlyapamni yechaman. Biroq boksda mendan ham zo‘ri bor deyish uchun unga 40 yilimni bag‘ishlamaganman» - dedi Floyd.

Gap bunda Muhammad Alining raqibi Leon Spinks haqida borgan. Ali bilan jangga qadar Spinks sakkiz bor ringga chiqqan bo‘lib, shularning yettitasida zafar quchgan va bittasida durang qayd etgandi. 1978 yil Spinks chempionlik kamari uchun jangda Muhammad Alini taslim qilgan. Unutmaslik kerak, Ali tez orada revansh jangini o‘tkazib, raqibidan kamarni tortib olgandi.

«Boks mazmuni iloji boricha ko‘proq zarba berib, kamroq zarba o‘tkazib yuborishdir. Men karyerarimni munosib yakunladim va o‘tkazgan 49 ta jangimning barchasida zafar quchdim. Faoliyatim yakunida sog‘ligimda muammo yo‘q edi, yaxshigina pul jamg‘argandim. Bu menga bolalarimni o‘qitish, yosh bokschilarga bilimlarimni ulashish imkonini berardi» - dedi Meyvezer.

Floyd Meyvezer eng asosiy jangi sifatida Menni Pakyao bilan jangini e’tirof etgan. Filippinlik bokschiga qarshi jang haqida esa juda qisqa gapirgan: «Men qandaydir 40 daqiqa ichida 300 million dollarni qo‘lga kiritgandim».

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:09, 23.01.2017.
O'qildi: 6563 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик