Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Barselona 1-1 Betis
06/04 15:30 Lechche 1-1 Venetsiya
06/04 17:00 Las-Palmas 1-3 Real Sosyedad
06/04 17:45 Andijon 1-0 Mash’al
06/04 18:00 Empoli 0-0 Kalyari
06/04 18:00 Torino 1-1 Verona
06/04 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Paxtakor
06/04 18:00 Tottenhem 3-1 Sautgempton
06/04 18:00 Brentford 0-0 Chelsi
06/04 18:00 Fulhem 3-2 Liverpul
06/04 19:15 Sevilya 1-2 Atletiko
06/04 20:00 Xitoy 1-2 O‘zbekiston
06/04 20:15 OKMK 0-0 Dinamo
06/04 20:30 Man. Yunayted 0-0 Manchester Siti
06/04 21:00 Atalanta 0-1 Lasio
06/04 21:30 Valyadolid 0-4 Xetafe
06/04 22:15 Saudiya Arabistoni 3-1 Tailand
06/04 23:45 Roma 1-1 Yuventus
07/04 00:00 Vilyarreal 0-0 Atletik Bilbao
07/04 20:00 Vyetnam - Yaponiya
07/04 20:00 Indoneziya - Yaman
07/04 22:15 Afg‘oniston - Janubiy Koreya
07/04 22:15 BAA - Avstraliya
07/04 23:45 Bolonya - Napoli
08/04 00:00 Lester - Nyukasl
08/04 00:00 Leganes - Osasuna
08/04 20:00 KXDR - Tojikiston
08/04 22:15 Ummon - Eron

Jarohatlar girdobidagi «Real»

Jarohatlar girdobidagi «Real»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich o‘ng oyog‘idagi jarohat tufayli safdan chiqqani haqida bayonot berdi. Bu bilan Modrich ham jamoaning jarohatlangan futbolchilar jamlangan uzun ro‘yxatiga kirgani ma’lum qilindi. So‘nggi haftalar davomida kengayib borayotgan ushbu ro‘yxat Zidan uchun jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

2016 yilning oxirini ancha tig‘iz o‘tkazib, o‘z sovrinlari qatoriga Klublari o‘rtasidagi Jahon kubogini ham qo‘shib qo‘ygan «Real»ning murabbiylar shtabi yangi yilda yo‘qotishlar ta’sirini va jarohatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan tayyorgarlik rejasini ishlab chiqqan edi: ikkinchi davradan oldin qisqaroq yig‘in, La Liga va Qirol kubogida ko‘proq rotasiyalar, va hokazo.

Biroq ushbu ro‘yxatni kengayishdan hech narsa to‘xtata olmayapti. Mavsum boshidan «Real»ning 19 nafar futbolchisi 33 ta turli darajadagi jarohatlar olgan. Zidan mavsum davomida har bir o‘yinda foydalanishi mumkin bo‘lgan futbolchilar soni 4 nafarni tashkil etgan: Kiko Kasilya, Ruben Yanes (uchinchi darvozabon), Nacho va Mariano. Boshqacha aytganda, fransiyalik mutaxassis qo‘l ostida hech qachon optimal tarkib bo‘lmagan.

Hozirgi jarohatlar esa yanvar boshida ko‘zda tutilgan rotatsiyalardan foydalanishga imkon bermaydi va Zidanni jamoa tarkibini o‘zgartirishga undaydi. Jumladan, u himoyani butunlay qayta qurishiga to‘g‘ri keladi: Marselo va Karvaxalning jarohati tufayli qanot himoyasida boshqa futbolchilar o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. «Malaga» bilan o‘yindan oldin Danilo ham tuygan og‘riqlar bu muammoni yanada chuqurlashtiradi. Yagona yaxshi yangilik – yaqinda Fabio Koentrau safga qaytdi.

Zidanning o‘zi ham matbuot anjumanida bu muammodan tashvishda ekanligini va jarohatlarni kamaytirish yo‘lini topish lozimligini ma’lum qilgan. Modrichning jarohati yarim himoyani ham qiyin ahvolda qoldiradi. Garet Beyl hali ham safga qaytmagani esa achinarli. Xullas, «Real»ni kamida juda qiyin bir oy kutib turibdi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:34, 23.01.2017.
O'qildi: 14314 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz