Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Eldor SHOMURODOV: «Yaxshi taklif tushsa, o‘ylab ko‘raman»

Eldor SHOMURODOV: «Yaxshi taklif tushsa, o‘ylab ko‘raman»

Baho:
+ | -

Iste’dodli hujumkor yarim himoyachi Eldor Shomurodovga qiziqayotgan jamoalar safi tobora ortib boryapti. Futbolchi «Bunyodkor» klubi va milliy jamoamizdagi o‘yinlari bilan xorijlik skautlar e’tiborini ham o‘ziga tortdi. Bundan tashqari, turli kompaniyalar qiziqish doirasidan chetda qolishmadi. Xususan, ProSports Management va Shomurodov o‘rtasida shartnoma tuzildi. Kompaniya vakili Nikita Panasyuk yaqinda istiqbolli futbolchimiz bilan imzolangan kelishuv mohiyatini tushuntirib berdi: «Shomurodov 21 yoshda, u universal hujumkor futbolchi, qanot, markaziy hujum va hujumchi ortida o‘ynay oladi. O‘yin uslubi va qobiliyati jihatidan Andrey Yarmolenkoni eslatib yuboradi: tezkor, baquvvat, texnik tomondan kuchli, maydonni yaxshi ko‘ra oladi, qarshi hujum vaqti qaror chiqarishni paysalga solmaydi. Eldor jismoniy kuchiga tayanib, to‘p uchun kurashda ustunlik qiladi. Bo‘yi 182 santimetrga teng va juda tez yuguradi, boshlang‘ich sur’ati ham baland, «ikkinchi qavat»dagi olishuvlar va standart vaziyatlar vaqti g‘oyat foydali. Shomurodovda dribling mahorati ham ancha yuqori. Deylik, bitta o‘yinda raqiblarini o‘rtacha hisobda 6 marta aldab o‘tadi. Taqqoslash uchun, Juliano («Zenit») bu ishni o‘rtacha 5 marta, Promes («Spartak») esa 8 marta bajaradi. Shomurodov terma jamoasida ham yaxshi o‘ynamoqda: 12ta o‘yinda 4ta gol va 1ta samarali «pas». Eldor rus tilini to‘liq biladi, Yevropada o‘ynashni istasa, inglizchani o‘rganishni boshlaydi. Umuman, uning statistikasi yomon emas: to‘liqsiz ikki mavsum davomida 19ta gol urib, yana 7tasiga assistentlik qildi». Ha, tan olish kerak, Panasyuk hamyurtimizni munosib tarzda ta’rifladi. Shomurodov ayni payt «Bunyodkor»ning BAAdagi mashg‘ulotlarida qatnashayotgan bo‘lsada, bizning iltimosimizga muvofiq, intervyu uchun ma’lum vaqt ajratdi.

- Eldor, yangi mavsumga qaratilgan tayyorgarlik jarayoni qanday ketyapti?

- Reja asosida shug‘ullanyapmiz. Zero, bizni oldinda OCHL «pley-off» o‘yini kutib turibdi.

- Bugun (suhbat 15 yanvar kuni uyushtirildi - mual.) «Aberdin» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdinglar. Shotlandiyaning yetakchi jamoalaridan biri qanday taassurot qoldirdi, o‘yin haqida nima deya olasiz? «Bun­yodkor» mag‘lubiyatga uchramasligi ham mumkinmidi?

- Ochig‘i, bu savolga aniq javob berolmayman. Chunki bugun maydonga tushmadim. Lekin hammasi joyida. Biroz shamollab qolganim uchun o‘yinga bormadim.

- Umuman, shu kungacha o‘tkazilgan nazorat uchrashuvlari xususida nima deya olasiz?

- Kuchli tarkibga ega Gana terma jamoasiga yutqazdik, lekin o‘yin biz uchun ancha foydali bo‘ldi. Xitoy va Saudiya Arabistoni klublari bilan esa murosa ko‘chasini tanladik. Ammo bunga ortiqcha e’tibor qaratish shart emas. Axir nazorat o‘yinlarida natija muhim sanalmaydi. Endi 20 yanvar kuni yig‘indan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvimiz Iordaniya milliy jamoasiga qarshi kechadi. O‘ylaymanki, bu o‘yinlar orqa­li yangi mavsum va birinchi navbatda, OCHL «pley-off» uchrashuviga tayyor bo‘lamiz.

- Yangi futbolchilar jamoa o‘yiniga kirishib ketishda qiynalishmayaptimi?

- Barchasi asta-asta amalga oshadi. Hozircha ular chakki taassurot qoldirmayaptilar. Menimcha, yangi futbolchilar jamoamizni ancha kuchaytirish salohiyatiga egalar.

- Eldor, boshqa klublardan takliflar olayotganingiz haqida ko‘p yozilyapti. Bunday xabarlar haqiqatga nechog‘li yaqin?

- Ayni payt «Bunyodkor» bilan shart­nomam bor. Shu bois, bu haqda hech narsa deyolmayman. Barchasini klub rahbarlari hal qilishadi.

- Lekin qiziqish borligini tasdiqlasangiz kerak...

- Ehtimol shundaydir (kuladi).

- Sir bo‘lmasa, qaysi klublardan chorlov bo‘ldi?

- Qo‘ying, bu borada aniq ma’lumotga ega emasman.

- Moskvaga aynan qaysi maqsadda borganingizni ham aytolmaysizmi?

- Buni aytishim mumkin - sayohat uchun. Shu bilan birga ProSports Management bilan shartnoma tuzdim. Yana kompaniya vakillari bilan yaqindan tanishib keldim.

- Xullas, yangi mavsumni qaysi klubda boshlashingiz hali ma’lum emas, shundaymi?

- Qaytaraman, «Bunyodkor» bilan amalda shartnomam bor va bu masalada ko‘p narsa klub pozisiyasiga bog‘liq.

- O‘zingiz-chi? Jamoani o‘zgartirish niyatingiz bormi?

- To‘g‘risi, «Bunyodkor» men uchun qadr­li klub bo‘lib qoldi. Bu jamoada ko‘plab do‘stlar orttirdim. Ammo futbol bobida o‘sishim uchun yaxshi klublardan munosib taklif tushsa, o‘ylab ko‘raman, albatta.

- Faraz qilaylik, Rossiya, Xitoy va arab klublaridan chorlov olsangiz, qay birini tanlardingiz?

- Maqsadim - Yevropada o‘ynash. Shunday ekan, Rossiya klublariga o‘tish varianti ma’qulroq.

- Xitoyliklar futbolchilarga misli ko‘rilmagan darajada katta maosh belgilashyapti. Bu holat sizni o‘ylantirib qo‘ymaymidi?

- Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Yuqorida aytganimdek, oldindan aniq gapirish yaramaydi. Lekin o‘zim uchun birinchi masala - tajribamni oshirish. Takliflarni o‘rganib chiqishda ham aynan shuni e’tiborga olaman.

- Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov Xitoy klubiga, vise-sardor Server Jeparov esa Eron jamoasiga o‘tdi. Bu transferlarga munosabatingiz qanday?

- Terma jamoamiz yetakchilari o‘zlariga ma’qul variantni tanlashdi. Qaysi klubda o‘ynashlaridan qat’iy nazar, ularga omad va zafar tilayman. Ishonchim komil, ikkisining ham terma jamoamizga hali ko‘p foydasi tegadi. Oldinda JCH-2018 saralash bosqichi hal qiluvchi o‘yinlari bor. Ishonchim komil, Ahmedov ham, Jeparov ham bo‘lajak bahslarda asosiy rolni bajarishadi.

- Qiziq, ProSports Management kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomadan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?

- Keling, shu sirligicha qolsin...

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi. "Interfutbol" gazetasi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:56, 25.01.2017.
O'qildi: 10713 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.