Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Anvar Berdiyev - Krasniskiy nomidagi to‘purarlar klubini boshqarib bormoqda

Anvar Berdiyev - Krasniskiy nomidagi to‘purarlar klubini boshqarib bormoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy chempionati yo‘lga qo‘yilganiga ham chorak asrdan o‘tdi. Albatta, ortda qolgan bu vaqtda futbolimizning o‘ziga yarasha qahramonlari bilan tanishdik, turli statistik rekordlar qayd etildi.

Xususan, yildan-yilga Gennadiy Krasniskiy nomidagi to‘purarlar klubi a’zolari safi kengayib boryapti. Ma’lumot o‘rnida eslatish joiz, 100ta gol marrasiga yetgan futbolchilar ushbu faxriy klub a’zosiga aylanishadi. Aniqroq aytsak, oliy liga, O‘zbekiston kubogi, milliy jamoa va Osiyo kuboklari o‘yinlarida 100ta gol urgan to‘purar elit ro‘yxatdan joy oladi. Hozirgacha bu marrani zabt etish jami 36 nafar futbolchiga nasib etgan.

Ular orasida hamon futbolchilik fao­liyatini davom ettirayotgan Anvar Berdiyev peshqadamlik qilyapti - jami 284ta gol. E’tiborlisi, u eng yaqin ta’qibchisi - Zafar Xolmurodovni naq 44ta golga ortda qoldiryapti. Demakki, Berdiyevning yetakchilik mavqesi ancha mustahkam. Zero, faqat amaldagi futbolchilarni hisobga olsak, unga eng yaqini 12-o‘rinda borayotgan Server Jeparovdir. «Lokomotiv» yetakchisining hisobida 157ta gol bor. Umuman, hozirda Berdiyev natijasini yangilashga qodir goleador ko‘rinayotgani ham yo‘q. Endi faxriy klubning yuqori 10ta pog‘onasida borayotgan to‘purarlar va ularning natijasi bilan fotojamlanma vositasida tanishib chiqamiz. Shuning barobarida qolgan a’zolar ro‘yxatini ham ko‘rib chiqamiz. 

1-o‘rin. Anvar BERDIYEV - 284ta gol (chempionatda: 224ta, milliy kubokda: 46ta, terma jamoada: 2ta, Osiyo kuboklarida: 12ta). O‘ynagan jamoalari: «Mash’al», «Nasaf», «Neft­chi», «Bunyodkor», «Andijon»

2-o‘rin. Zafar XOLMURODOV - 240ta gol (chempionatda: 200ta, milliykubokda: 34ta, terma jamoada-, Osiyo kuboklarida: 6ta). O‘ynagan jamoalari: «Nasaf», «Mash’al», «Dinamo», «Xorazm», «Olmaliq»

3-o‘rin. Anvar SOLIYEV - 230ta gol (chempionatda: 164ta, milliy kubokda: 36ta, terma jamoada: 8ta, Osiyo kuboklarida: 22ta). O‘ynagan jamoalari: «Navbahor», «Paxtakor», «Bun­yodkor», «Nasaf»

4-o‘rin. Shuhrat MIRXOLDIRSHOYEV - 224ta gol (chempionatda: 194ta, milliy kubokda: 25ta, terma jamoada:-, Osiyo kuboklarida: 5ta). O‘ynagan jamoalari: «Navbahor», «Mash’al», «Andijon», «Nasaf»

5-o‘rin. Ja’far IRISMETOV - 216ta gol (chempionatda: 174ta, milliy kubokda: 27ta, terma jamoada: 15ta, Osiyo kuboklarida: -). O‘ynagan jamoalari: «Politotdel», «Samar­qand», «Paxtakor», «Andijon», «Sho‘rtan», «Qizilqum», «Nav­bahor»

6-o‘rin. Ravshan BOZOROV - 206ta gol (chempionatda: 171ta, milliy kubokda: 23ta, terma jamoada: 5ta, Osiyo kuboklarida: 7ta). O‘ynagan jamoalari: «Neftchi», «Paxtakor», «Samarqand», «To‘palang», «Lokomotiv», «Navbahor»

7-o‘rin. Baxtiyor HAMIDULLAYEV - 197ta gol (chempionatda: 178ta, milliy kubokda: 15ta, terma jamoada: 3ta, Osiyo kuboklarida: 1ta). O‘ynagan jamoalari: «Shahrixon», «Andijon», «Paxtakor», «Neft­chi», «Olmaliq»

8-o‘rin. Oybek USMONXO‘JAYEV - 194ta gol (chempionatda: 157ta, milliy kubokda: 35ta, terma jamoada: 1ta, Osiyo kuboklarida: 1). O‘ynagan jamoalari: «Navbahor», «Nurafshon», MHSK, «Do‘stlik», «Samar­qand-D», «Lokomotiv»

9-o‘rin. Umid ISOQOV - 189ta gol (chempionatda: 171ta, milliy kubokda: 12ta, terma jamoada: 3ta, Osiyo kuboklarida: 3ta). O‘ynagan jamoalari: «Neftchi», «Paxtakor», «Samarqand-D», «Andijon», «Nasaf», «Qizilqum», «Xorazm»

10-o‘rin. Rustam DO‘RMONOV - 170ta gol (chempionatda: 133ta, milliy kubokda: 25ta, terma jamoada: 2ta, Osiyo kuboklarida: 10ta). O‘ynagan jamoalari: «Neftchi», «Paxtakor»

«100»lik klubining Qolgan a’zolari

№   Futbolchi, jamoalari                                Ch           K         T         OK     Jami

11. Farid XABIBULLIN                                   131        35        -          -             166

«Kosonsoychi», «Navbahor», «Do‘stlik», «Qizilqum», «Andijon», «Metallurg», «So‘g‘diyona», «Samarqand-D»

12. Server JEPAROV                                        111        10        25       11          157

«Navbahor», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv»

13. No‘’mon HASANOV                                        125        22        5         1            153

 «Paxtakor», MHSK, «Do‘stlik», «Nasaf», «Qo‘qon-1912», «Traktor», «Sho‘rtan», «So‘g‘diyona», «Lokomotiv»

14. Zayniddin TOJIYEV                                    102        30        4         13          149

«Akademiya», «Paxtakor», «Sho‘rtan», «Lokomotiv», «Neftchi», «Dinamo», «Buxoro»

15. Muxtor QURBONOV                                       128        19        -          -             147

«Temiryo‘lchi», MHSK, «Navbahor», «Do‘stlik», «Paxtakor», «Neftchi», «Metallurg», «Qizilqum», «Sho‘rtan», «Traktor», «So‘g‘diyona»

16. Oleg SHASKIX                                                105        22        9         8            144

 «Paxtakor», «Politotdel», «Navbahor»

17. Shuhrat RAHMONQULOV                              108        19        5         2            134

 «Temiryo‘lchi»|«Qo‘qon-1912», MHSK, «Navbahor», «Paxtakor», «Nasaf», «Do‘stlik»,  «Samarqand-D»

18. Ne’matullo QUTIBOYEV                              106        17        5         3            131

 «Orol», «Neftchi», «Semurg‘», «Paxtakor», «Qizilqum», «Xorazm»

19. Nosir OTAQO‘ZIYEV                                       109        11        -          4            124

 «Neftchi», «Navbahor», «Olmaliq», «Nasaf», «Guliston», «Qo‘qon-1912»

20-21. Leonid KOSHELEV                                   91          15        6         11          123

«Navbahor», «Paxtakor», «Dinamo», «Sho‘rtan», «Qizilqum»

20-21. Shuhrat MAQSUDOV                                 82          21        11       9            123

 «Paxtakor», «Neftchi»

22. Mirjalol QOSIMOV                                  58          30        30       4            122

 «Paxtakor», «Mash’al»

23. Aleksandr GEYNRIX                                    73          12        31       5            121

 «Do‘stlik», «Paxtakor», «Lokomotiv»

24. Akmal XOLMATOV                                        89          20        -          8            117

 «Neftchi», «Paxtakor», «Lokomotiv»

25. Vali KELDIYEV                                              104        9          -          2            115

 «Navbahor», «Nurafshon», «Surxon», «Nasaf», «To‘palang»

26. Artur GEVORKYAN                                          91          14        -          8            113

«Sho‘rtan», «Paxtakor», «Nasaf», «Lokomotiv»

27. Igor TARAN                                                 87          21        -          3            111

«Sho‘rtan», «Andijon», «Nasaf»

28. Bahriddin VAHOBOV                                 88          22        -          -             110

«Surxon», «Paxtakor», «Mash’al», «Sho‘rtan», «Qizilqum», «Buxoro»

29. Sergey NI                                                       87          18        -          2            107

«Temiryo‘lchi», «Neftchi», «Mash’al», «Samarqand-D», «Lokomotiv»

30-31. Sobir XODIYEV                                        77          22        -          7            106

 «Traktor», «Paxtakor»

30-31. Shahboz ERKINOV                                   90          13        -          3            106

«So‘g‘diyona», «Paxtakor», «Sho‘rtan», «Olmaliq», «Navbahor», «Mash’al», «Nasaf»

32-33. Ilhom MO‘MINJONOV                           91          11        -          -             102

«Traktor», «Navbahor», «Lokomotiv», «Bunyodkor»

32-33. Dilshod O‘RMONOV                                  85          17        -          -             102

 «Traktor», «Neftchi», «Metallurg»

34-35. Azamat ABDURAIMOV                            72          17        10       2            101

 «Navbahor», «Paxtakor», «Do‘stlik», «NBU-Osiyo»

34-35. Marsel IDIATULLIN                          89          12        -          -             101

«Qizilqum», «Lokomotiv»

36. Farhod TOJIYEV                                           77          16        5         2            100

«Paxtakor», «Dinamo», «Lokomotiv», «Olmaliq»

-----------------------------------------------------------------------------------------------------------

Izoh: Ch - O‘zbekiston chempionati oliy ligasi; K - O‘zbekiston kubogi;

T - terma jamoa; OK - Osiyo kuboklari.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:04, 26.01.2017.
O'qildi: 6456 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.