Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Sherikni yoddan chiqarmang yoki eng zo‘r assistentlar o‘nligi

Sherikni yoddan chiqarmang yoki eng zo‘r assistentlar o‘nligi

Baho:
+ | -

Sir emaski, futbolda asosan gol urganlar olqishga sazovor bo‘lishadi. Darvozaning ishg‘ol qilinishida bevosita ishtirok etgan assistentlar esa ko‘pincha nazardan chetda qolib ketishadi. Aslida, to‘purarlar aynan samarali uzatma mualliflariga katta minnatdorchilik bildirishlari kerak. Demak, 2016 yilda golli pas berish bobida eng yaxshi deya e’tirof etilganlar bilan tanishish asnosida ularning mahoratlarini tegishlicha baholaymiz.

7-10. Rikardu Kuarejma («Beshiktosh») - 19ta samarali uzatma

Portugaliyalik futbolchining faoliyati qiziq kechdi. Rikardu o‘zining tug‘ma qobiliyati bilan jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin edi. Ammo 33 yoshli yarim himoyachi hozircha Turkiya chempionati bilan kifoyalanmoqda. «Barselona», «Chelsi» va «Inter»dagi omadsizlik, «Portu»dagi afsonaviyliklar ortda qoldi. Tez orada butsalarini mixga ilsa, ajabmas. Biroq Kuarejma iste’dodini havoga sovurmadi, Yevropada porladi, g‘oliblar jamoasi safida Portugaliya tarixiga kirdi.

7-10. Joau Mariu («Sporting»; «Inter») - 19ta samarali uzatma

Yilning yirik kashfiyotiga aylangan portugaliyalik futbolchi bugungi ro‘yxatimizda ham eng yaxshilar qatoridan o‘rin egalladi. Joau taktik uquv, o‘yinni tushunish va harakatlar xarakteristikasining turfaligi borasida Zeedorfni yodga soladi. Mariu potensialidan to‘liq foydalanmoqda, demak 2016 yili uni qo‘lga kiritish uchun «Inter»ni ko‘ndirishga urinmagan top-klublar yaqin yillar ichida afsuslanishlari tayin.

7-10. Kevin De Bryuyne («Manchester Siti») - 19ta samarali uzatma

So‘nggi 12 oy mobaynida Angliyada to‘liq maydonga tushgan belgiyalik yarim himoyachi avvalgi natijalarini takrorlay olmadi. 2015 yil yakunlariga ko‘ra, De Bryuyne mazkur ro‘yxatni boshqarib turgandi. U qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Messini ham ortda qoldirgandi. Joriy yil Kevinning samarali uzatmalari soni beshtaga kam bo‘ldi, ammo hamon sayyoramizning eng yaxshi assistentlari safida bormoqda.

6. Miralem Pyanich («Roma»; «Yuventus») - 20ta samarali uzatma

Bosniyalik futbolchining nomi doimo standart vaziyatlardan unumli foydalanuvchi eng yaxshi ijrochilar qatorida zikr etiladi. Yakuniga yetgan yilda ham salohiyatini yana bir karra namoyish qildi. Pyanich o‘yin paytida ancha samarali to‘p suradi - aqlli, mahoratli, maydonni yaxshi ko‘ra biladi, golli vaziyat yaratishda uning ham nozik, ham kutilmagan, ham diagonal tarzda uzatilgan paslari asqotadi. Miralem Turinda iste’dodining 70 foizini namoyish etmoqda, ammo shuning o‘zi ham jamoa yetakchilaridan biriga aylanish uchun yetmoqda.

5. Dimitri Paye («Vest Xem») - 22ta samarali uzatma

Standart vaziyatni qoyilmaqom tarzda ijro etuvchi yana bir futbolchi Angliyada o‘z o‘rnini topdi. Paye har jabhada qoyil qoldiradi, ayniqsa, bu narsa qanotlardan uyushtiriladigan hujumlar chog‘ida yaqqol seziladi. Afsuski, fransuz APLga o‘smirlik chog‘ida kelmadi. Dimitri «Marsel»da barqarorlikka erishdi, o‘tgan yilgi ajoyib o‘yinlari bilan esa jahonning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri ekanini isbotladi. Mazkur holat Fransiya yashil maydonlarida o‘tgan Yevroda ham kuzatildi.

4. Anxel Di Mariya («PSJ») - 25ta samarali uzatma

Argentinalik kreativ futbolchi gollandiyalik faylasufdan o‘z vaqtida qochib, iliq Fransiyaga ko‘chib o‘tdi. Anxel ilk mavsumidayoq Liga 1-dagi golli paslar rekordini o‘rnatishga erishdi. Hozir Di Mariya avvalgi yildagidek samarali to‘p surolmayapti, ammo «PSJ»da ko‘p narsa o‘zgarganini ham unutmaslik darkor. Aytishlaricha, tezkor yarim himoyachi barqarorlikni ta’minlay olmayotgan parijliklar safidan ketishga qarshi emas.

3. Luis Suares («Barselona») - 28ta samarali uzatma

«Barselona»dagi trio shu qadar mukammal ko‘rinish olganki, hatto, markaziy hujumchi ham jahonning manaman degan pleymeykerlaridan ko‘proq golli pas berishi mumkin. Umuman, Suares hamisha o‘yinni yaxshi uqiy olishi bilan ajralib turgan. Urugvaylik forvard hujumdagi sheriklari kabi kreativ emas, ammo raqib jarima maydonchasi ichkarisida jamoadoshlarining qo‘llab-quvvatlashidan foydalanish bobida Luisga teng keladigani yo‘q. Dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi - sayoramizning eng yaxshi assistentlari uchligida. Nooadatiy holat, biroq Suaresdan bundan-da ko‘prog‘ini kutish mumkin.

2. Lionel Messi («Barselona») - 31ta samarali uzatma

Argentinalik yulduzning birinchi o‘rinda emasligi - haqiqiy syurpriz. O‘tgan yili u peshqadamlikni De Bryuyne bilan bo‘lishib olgandi. Bu safar esa Lionel avvalgi raqobatchilariga nisbatan barqaror o‘yin ko‘rsatib, 12 oyni yuqori kayfiyatda o‘tkazdi. Ammo jahonda golli pas berish bobida Leo Messini ham ortda qoldiradigan qahramon topildi.

1. Neymar («Barselona») - 32ta samarali uzatma

2016 yilda Neymarning gollari soni kamaydi, yangi mavsumda qulay vaziyatlarni birma-bir ko‘kka sovurmoqda. Braziliyalik iqtidor sohibi bu boradagi omadsizlikni qoyilmaqom uzatmalari bilan yuvmoqda. Neymar hamon samarali futbolchi hisoblanadi, aqlli, yorqin o‘yin ko‘rsatadi. Chempionlar Ligasi guruh bosqichida esa u golli pas berish borasidagi rekordni yangilashga erishdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:16, 26.01.2017.
O'qildi: 10320 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.