Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Buni qahramonlik deyishadi yoki o‘tgan haftaning muhim voqealari

Buni qahramonlik deyishadi yoki o‘tgan haftaning muhim voqealari

Baho:
+ | -

Ortda qolgan dam olish kunlari o‘tkazilgan bellashuvlar bir qator yangi qahramonlarni kashf etdi.

Runining 250-goli

«Britaniya»dagi uchrashuvda «Stok Siti» «MYU»ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yishga yaqin turgandi. Xuan Mataning avtogolidan so‘ng «qizil iblislar» kichik hisob bilan ortda qolishayotgandi. Biroq so‘nggi daqiqalarda o‘tkir syujetli filmdagi kabi voqea yuz berdi. qo‘shimcha vaqtning 5-daqiqasida hakam mezbonlar darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi. Nuqta darvozani ishg‘ol qilish uchun unchalik qulay emasdi. «MYU» tarixidagi eng yaxshi to‘purar unvonini qo‘lga kiritish uchun bitta golga ehtiyoj sezayotgan Ueyn Runi zarbani qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Evaziga o‘zi «MYU»ning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

4ta hujum - 4ta gol, 2ta hujum - 2ta gol!

«Biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Ammo afsuski, yana qimmatli ochkolarni boy berdik. Ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgan bo‘lsakda, g‘alabaga erisha olmadik. «Everton» 4ta hujum uyushtirib, 4ta gol urdi. «Tottenxem» 2 marta hujumga o‘tib, shuncha gol urdi! Bunday vaziyatda nima ham qila olardik?» - jig‘ibiyron bo‘layotgan Gvardiolaning ayanchli holatini tushunish qiyin emas. Butun o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘lgan «shaharliklar» ikkinchi bo‘limda «taqachilar»ni ikki marta yo‘l qo‘ygan xatolari uchun jazoladilar. Ammo keyin muvaffaqiyatni mustahkamlash o‘rniga o‘z darvozalaridan 2ta to‘p o‘tkazib yubordilar. Kattagina mablag‘ evaziga «Siti» safiga qo‘shilgan Gabriel Jezus orziqib kutilayotgan g‘alabani taqdim etishi mumkin edi. Biroq braziliyalik yosh iqtidor sohibidan omad yuz o‘girdi.

«Liverpul»ga ko‘z tegdi

So‘nggi paytlarda yuksak e’tirofga sazovor bo‘layotgan Yurgen Kloppning jamoasiga ko‘z tekkan ko‘rinadi. «Sanderlend» hamda «MYU» bilan qayd etilgan durangdan so‘ng «Enfild» ahli g‘alabaga tashna edi. Boz ustiga, «qizillar» mavsumning eng omadsiz jamoasiga qarshi maydonga tushgan edilar. Biroq taassufki, bu gal jamoa yagona ochkoga ham ega bo‘lmadi. Fernando Lyorente tomonidan urilgan ikki golga mezbonlar Roberto Firminoning «dubl»i bilan javob qaytarishgach, 3 ochko taqdim etadigan gol ham yaqinlashgandek tuyulgandi. Biroq bor kuchlarini hujumga safarbar qilgan «qizillar» Gilfi Sigurdssonni o‘tkazib yuborishdi. qizig‘i, islandiyalik yarim himoyachiga himoyachilar ham, darvozabon Minyole ham qarshilik ko‘rsata olmadilar. Safarda muhim g‘alabaga erishgan «Suonsi» so‘nggi pog‘onani tark etdi. Uchrashuv «Liverpul»ning himoyasida muammolar yetarli ekanini yaqqol namoyish etdi. Ularni bartaraf etish uchun germaniyalik mutaxassis astoydil ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Hujumchiga aylangan himoyachi

Hujum chizig‘idagi «qurg‘oqchilik» davom etayotgan «Real»ning navbatdagi uch ochkoga ega bo‘lishiga jamoa sardori sababchi bo‘ldi. O‘z vazifasini risoladagidek ado etayotgan Serxio Ramosning hujumdagi ishtiroki odatiy hol bo‘lib qoldi. U «Malaga» darvozasini ikki bor ishg‘ol etgach, La-Ligadagi gollari sonini 6taga yetkazib oldi. 11 uchrashuvda 6 gol! Himoyachining sermahsulligiga ko‘pchilik hujumchilar havas qilishlari aniq.

«Sevilya» quvishda davom etmoqda

O‘z maydonida «Real»dan ustun kelgan Andalusiya klubi Paplonaga ko‘tarinki kayfiyat bilan ravona bo‘lgandi. «Osasuna» bilan bo‘lgan bahs chinakamiga ochiqchasiga kechdi. Tomonlar hujumkor futbol namoyish etdilar. Yakunda Iborraning «dubl»i va Vaskes hamda Sarabiyaning gollari evaziga Xorxe Sampaoli shogirdlari mezbonlardan 4:3 hisobida ustun keldilar. «Se­vilya» «Real»ni ta’qib qilishni davom ettirmoqda.

Bilbaodan bir ochko bilan

Peshqadamlar safida borayotgan «Barselona» o‘z jam­g‘armasini uch ochkoga boyitishda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi. Jamoa «Eybar» ustidan yirik (4:0) g‘alabaga erishdi. «Atletiko» esa oqsashda davom etmoqda. Simeone shogirdlari «San-Mames»da «Atletik» darvozasiga tezkor gol urishni uddalashdi. Ammo muvaffaqiyatni rivojlantira olmadilar. Mezbonlar esa tanaffus arafasida muvozanatni tiklab, ikkinchi bo‘limda oldinga chiqib oldilar. Keyinchalik mezbonlar darvozasiga yo‘l topa olgan Antuan Grizmann primerodagi sakkizinchi golini nishonlab, «hindular»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Biroq jamoa turnirdagi mavqeini mustahkamlay olmadi - hozirda 35 ochko bilan YEL hududidan joy olib turgan «Real Sosyedad» bilan yonma-yon bormoqda. To‘plar nisbatiga ko‘ra, «Atletiko» ustunlik qilmoqda.

Donnarumma ham ojiz

Janluiji Buffonning Italiya terma jamoasidagi vorisi sifatida e’tirof etilayotgan Donnarumma turning markaziy uchrashuvida jamoani mag‘lubiyatdan saqlay olmadi. «San-Siro»da «Napoli»ni qabul qilgan «rossoneri» 9 daqiqa ichida 2 marta to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqdi. O‘z o‘yinini topib olish esa mezbonlar uchun juda og‘ir kechdi. Oqibatda ular Kalyexon va Insinyening gollariga atigi bir marta - Yuray Kuskaning goli bilan javob qaytardilar. So‘nggi daqiqalardagi pala-partish hujumlar ham, burchak zarbasini amalga oshirayotgan paytda raqib jarima maydonchasiga kelgan Donnarummaning bosh bilan bergan zarbasi ham «Milan»ni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:56, 26.01.2017.
O'qildi: 6398 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.