Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Said Abdujabborov: “Har bir farg‘onalik futbolchi “Neftchi”da o‘ynashni orzu qiladi”

Said Abdujabborov: “Har bir farg‘onalik futbolchi “Neftchi”da o‘ynashni orzu qiladi”

Baho:
+ | -

Yangi mavsum avvalida “Neftchi” safiga kelib qo‘shilgan Said Abdujabborov klub bilan rasman kelishuvga erishganidan so‘ng jamoa rasmiy sayti uchun ilk intervyusini berib o‘tdi.

Futbolchi “Neftchi”dagi orzu va maqsadlari haqida gapirar ekan, xar bir Farg‘ona viloyatida tug‘ilib o‘sayotgan futbolchi “Neftchi” safida o‘ynashni orzu qilishini aytib o‘tdi

– “Metallurg” tarkibida faoliyat olib borgan kezlarimdayoq “Neftchi”dan chorlovlar bo‘lib turardi. Biroq Bekobod jamoasi bilan amaldagi shartnomam bo‘lgani sababli Farg‘onaga kela olmaganman. O‘tgan yili bekobodliklar bilan kelishuvim yakunlandi va “Neftchi” mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildim.

Sherzod aka Raimjonovning takliflariga binonan “Neftchi”ga keldim. O‘zim ilk futbol saboqlarini Farg‘onada olganman. Keyinchalik Oliy ligani boshqa jamoasida omadimni sinash imkoniyati tug‘ilgan. Bir-necha mavsum davomida boshqa klub safida faoliyat olib borib katta futbolda tajriba orttirdim. “Neftchi” jamoasining ravnaqi va rivojlanishi, shu bilan birga muvaffiqiyatli natijalarida o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. “Neftchi” – katta va buyuk tarixga ega jamoa! Fikrimcha, Farg‘ona viloyatida tug‘ilib o‘sayotgan xar bir futbolni tanlagan yigit “Neftchi” safida o‘ynashni orzu qiladi.

Jamoada meni iliq kutib olishdi. O‘zim farg‘onalik bo‘lganim uchun jamoadagilar bilan tez kirishib ketdik. Toshkent yig‘ini davomidagi o‘yinlarda gol urishga ham ulgurdim. Nasib qilsa, yangi mavsumdagi rasmiy o‘yinlarda ushbu gollar davomiy bo‘ladi. Jamoadagi Javohir Rasulov hamda Husniddin G‘ofurov singari futbolchilarni avvaldan bilaman. Ular bilan futbol maktabida birga taqsil olganmiz.

“Neftchi” muxlislari haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘z vaqtida men ham ushbu jamoaga ashaddiy muxlis bo‘lganman. “Neftchi”ning OCHL doirasidagi uy o‘yinlari bo‘ladigan kuni ertalabdan stadion atrofida yurardik. Jamoa muxlislari mana shunday tarzda o‘z klublarini sevishadi va undan doim g‘alaba kutishadi. Yaxshi niyatlar bilan “Neftchi”ga keldim.

Jamoadagi ishonchli o‘yinlarim orqali MTJmiz murabbiylarini e’tiborini tortib bosh jamoamiz safida o‘ynash ham asosiy niyatlarimdan biri sanaladi. Shu o‘rinda meni katta futbolga olib kirgan Rustam Mirsodiqov va Shavkat Saidovlarga katta rahmat aytmoqchiman,  – dedi Abdujabborov “Neftchi” rasmiy saytiga bergan intervyusida

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 23:11, 28.01.2017.
O'qildi: 5529 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.