«Sent-Etyen» klubi «Bolonya»dan ijaraga olingan yarimhimoyachi Antoni Munye bilan xayrlashdi.
Uch kun burun jamoa safiga kelib qo‘shilgan futbolchini bosh murabbiy Kristof Galtye orqaga qaytarib yuborishga majbur bo‘ldi.
Gap shundaki, Munye klubning ashaddiy dushmani bo‘lmish «Lion» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Muxlislar esa uning tashrifidan norozi bo‘lib, unga nisbatan dushmanlarcha munosabatda bo‘lishlarini e’lon qilishgandi.