Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Magometov: «Bo‘rilar», «chumchuqlar»... klublarning bunday nomlarini qabul qila olmaymiz»

Magometov: «Bo‘rilar», «chumchuqlar»... klublarning bunday nomlarini qabul qila olmaymiz»

Baho:
+ | -

Bugun PFL bosh direktori Farhod Magometov Birinchi liga – 2017 musobaqasiga qur’a tashlash marosimidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Birinchi liga jamoalari rahbarlariga murojaat qilaman: Maqsad? Sizlarda maqsad nima? Birinchi ligada o‘ynashdan maqsadingiz nima? Bizni biroz bo‘lsa ham qoniqtiradigan holat bo‘layotgani yo‘q.

Birinchi ligani mintaqalarga ham bo‘ldik, xattoki klublarga bonuslar ham berdik. Ammo o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Shu bois o‘tgan yildan sondan sifatga qarab yurdik va 18 ta jamoa qoldirdik.

Biroz bo‘lsa ham qiziq bo‘lsin degan maqsadda. Bir necha yil davomida PFL badal pullarini oshirmadik, ammo buni ko‘pchiligingiz tushunmadingiz. Qadriga yetmadingiz. Bu yildan klub rahbarlarini ham tartibga chaqirishga urinamiz. Bu yil birinchi liga klublari ham «Halol o‘yin» deklarasiyasini to‘ldirishadi. Oldin faqat Oliy liga shunday qilgandi. Kim bu deklarasiyani to‘ldirmasa birinchi ligada ishtirok etmaydi.

10-15 kun ichida barcha klublar bizga kafolat xatini olib kelishingiz kerak. Bundan tashqari kimlarda qarzdorlik bo‘lsa, ularni ham to‘lamasangiz afsuski sizlarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaymiz.

“Mash’al” eng tartibli jamoa, “G‘ijduvon” esa eng qo‘pol jamoa bo‘ldi. Birinchi ligada barcha klublar kamida bittadan qizil kartochka olishgan. Futbolni oyoq bilan o‘ynashadi, agar boshqa narsa bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz QVZ (KVN)ga boringlar. Futbolchilar hakamlarni so‘kadi, maydonda o‘zi bilganini qiladi. Bunday davom etishi mumkin emas.

Klublar pullarni iqtisod qilib futbolchilarga xatto ovqat ham bermayapsizlar. Futbolchi bechora maydonga och qorin bilan tushadi... Maosh to‘lashda qiyinchilik bo‘lsa iltimos hech bo‘lmasa unga ozgina bo‘lsa sharoit qilib beringlar.

Birinchi liga murabbiylarida kamida B lisenziyasi bo‘lishi shart. Lisenziyasi bo‘lmasa bosh murabbiy bo‘la olmaydi. Bundan tashqari bu yildan har bir klub o‘z uy o‘yinidan uchrashuv videosi yozilgan diskni olib kelishi shart. 18ta o‘yin o‘tkazasizmi, demak 18ta disk bo‘lishi shart. Bitta o‘yin diski bo‘lmasa 2 million jarima to‘laysizlar. Har bir rahbar buni qora xarflarda yozib qo‘ysin. Hozir 21-asr shu bois disk yozish qiyin bo‘lmasa kerak.

Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Maydonda klublar o‘zaro orani ochiq qilish emas futbol o‘ynashlari kerak. To‘g‘risi hozirda birinchi liganing hech bir klubi oliy ligada o‘ynab ketishiga ishonamayman.

Ikkinchi liga borasida, viloyat hokimlari va viloyat FF vise-prezidentlari iltimos ikkinchi ligani tartibga keltirib olinglar. Ba’zida yoshi katta futbolchilar o‘ynagani, o‘yinlar bo‘lib o‘tmagani haqida xatlar kelib tushadi. Biz bunga aralashmaymiz. Qaytaraman viloyat futbol federasiyasini vise-prezidentlari ikkinchi ligani joy joyiga qo‘yib qo‘yinlar.

Klub nomini o‘zgartirsangiz rasmiy xat bilan, qonunga doir tarzda amalga oshiringlar. “Bo‘rilar”, “chumchuqlar”... klublarning bunday nomlarini qabul qila olmaymiz. Ijro qo‘mitasi nomni tasdiqlaganidan keyin biz uni tan olamiz.

Birinchi liga klublariga 20 million so‘m badal puli qoladi. O‘tgan yil ham shunday edi. Bunda o‘zgarish bo‘lmaydi.

Bundan tashqari har yili logotipni almashtiradigan klublar ham bor. Iltimos buni ham bas qilinglar» - dedi Magometov.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 14:46, 01.02.2017.
O'qildi: 9438 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.