Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

«Lokomotiv» Antaliyada. Uchinchi kun. Tarkibga Bobojonov, Krizo va Kone qo‘shildi

«Lokomotiv» Antaliyada. Uchinchi kun. Tarkibga Bobojonov, Krizo va Kone qo‘shildi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini Antaliyada olib borayotgan «Lokomotiv» futbol klubining manzilga yetib kelganiga bugun uch kun bo‘ldi.

Odatga ko‘ra bugungi mashg‘ulot ham ikki mahal o‘tkazildi. Futbolchilarimiz ertalab trenajyor zalida mashq qilgan bo‘lishsa, tushdan keyin futbol maydonida mashg‘ulot o‘tkazishdi.

Bugungi mashg‘ulotga uch nafar yangi futbolchimiz ham qo‘shildi. Bular — Muhammad Kone, Nyore Krizo va Murod Bobojonov. Bu futbolchilar kecha tunda mehmonxonaga yetib kelishgani bois murabbiylar biroz dam berishdi. Shu sabab mashg‘ulot paytida ularga ortiqcha yuklamalar berilmadi.

Jamoaning maydondagi mashg‘uloti ham qizg‘in kechdi. «Temiryo‘lchilar» bir yarim soat mobaynida avval chigalyozdi, undan keyin to‘p bilan mashqlarni bajarishdi. Shuningdek, ikki tarkibga bo‘lingan holda futbol o‘ynashdi.

Kechki payt esa futbolchilarimiz futbol nazariyasi bo‘yicha murabbiylardan saboq olishdi. Bunda «Lokomotiv»ning 2017 yil hisobidan birinchi rasmiy o‘yindagi raqibi «Al-Ta’vun» (Saudiya Arabistoni) ishtirokidagi bahs o‘rganib chiqildi. Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan «Al--Ta’vun» — «Lokomotiv» uchrashuvi 20 fevral kuni o‘tkaziladi.

Antaliyadagi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi 3 fevral kuni Turkmanistonning «Oltin Asr» klubi bilan bo‘ladi. Shu bois ertaga, 2 fevral kuni jamoa bir mahal, faqat kechki payt mashg‘ulot o‘tkazadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 06:10, 02.02.2017.
O'qildi: 10119 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик