"Stok Siti" hujumchisi Piter Krauch APLning 23-turida "Everton"ga qarshi o‘yinda o‘zining 100-golini urdi.
"Bu natijadan xursandman. Golimni o‘yin boshida urganimdan xursandman. Menda 99ta gol bor edi va uzoq kutishga to‘g‘ri kelmadi.
APLda 100tadan ortiq gol urganlar ro‘yxatiga qarasangiz, u yerda buyuk futbolchilarni ko‘rishingiz mumkin. Ular orasida bo‘lish men uchun faxr", - deydi Krauch.
Krauch APL tarixida 100ta va undan ortiq gol urganlar 26tani tashkil tadi. 36 yoshli futbolchi 48ta golini boshi bilan, 43tasini - o‘ng va 9tasini chap oyog‘ida urgan.