Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

“Neftchi” – Qashqadaryo hokimi kubogi sohibi

“Neftchi” – Qashqadaryo hokimi kubogi sohibi

Baho:
+ | -

Bir necha kunlardan buyon Qashqadaryo viloyatining to‘rtta shahrida an’anaviy Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Bugun final uchrashuvi o‘tkazildi. Avval “Nasaf” jamoasida to‘p tepgan va keyin jamoa o‘rinbosarlarida murabbiylik qilgan – Bahodir Anaamatov hozirda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on shahriga qarashli “Neftchi” jamoasida murabbiylik qilmoqda.

Bugun “Nasaf” jamoasining ikki sobiq o‘yinchilari – Nurali Sultonov va Bahodir Annamatovlar qo‘l ostidagi “Barkamol” hamda “Neftchi” jamoalari final uchrashuvda kuch sinashdi.
Noqo‘lay ob-havoga qaramay maydonga tushgan futbolchilar bor kuchlari bilan harakat qilishdi.

Birinchi bo‘lim teng kurashllar ostida kechdi. Ammo birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasiga kelib, omad mehmon jamoaga kulib boqdi. Bahodir Annamatov shogirdlari uchrashuvdagi hisobni 45-daqiqada ochishga erishdi. Golga Samandar Ochilov mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘lim ham uchrashuv keskin kurashlar ostida davom etdi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida mehmonlar yana bir marta gol urishga erishdilar. Ushbu golni 55-daqiqada Abdulqosim Qurbonov kiritdi. Qurbonov maydonga uchrashuvning ikkinchi bo‘lim boshida tushirilgan edi.

Bu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi. Uchrashuvda darvozalarga boshqa gollar kiritilmadi.
Shunday qilib, Bahodir Annamatov qo‘l ostidagi “Neftchi” jamoasi bosh sovrin sohibiga aylandi. Uchrashuv yakuniga yetkach, viloyat futbol federasiyasi vise prezidenti Norqul Daminov va boshqa rasmiy kishilar kubok musobaqasi g‘oliblariga kubok, diplom va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirishdi.

Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi. Final. 03.02.2017
“Barkamol” (Qarshi) – “Neftchi” (Jarqo‘rg‘on) 0:2 (0:1)
Gollar: Samandar Ochilov, 45’-0:1, Abdulqosim Qurbonov, 55’-0:2

“Barkamol”: 21.Abduvohid Ne’matov, 5.SHerzod Nasrullayev, 8.Xudoyorxon Sagdullayev, 10.Sirojiddin Yettiboyev, 16.Akmal Mozgovoy, 20.Dilshod Saitov, 22.Navro‘z Saidov, 24.Muxriddin Shamsiddinov (42.Mirzabek Joniqulov 46), 27.YOdgor Nazarov, 32.Farruh Absalomov, 34.Ilhom Alijonov (s).
Zaxira: 48.Elshod Qodirov, 9.Elbek Otaqulov, 18.Siyovush Yakubov, 17.Sardor Sa’dullayev, 19.Husniddin Aliqulov, 28.Saddam To‘xtayev.
Bosh murabbiy: Nurali Sultonov
“Neftchi”: 1.Otabek Sa’diyev, 4.Samandar Ochilov, 3.Botir To‘rayev (Abdulqosim Qurbonov 46), 5.Asljon Mansurov, 7.Sanjar Shomurodov (s), 11.Iskandar Qurbonov, 14.Zafar Qoraqulov, 15.Jamshid Bakirov, 17.Bobur Choriyev, 18.Diyor Karimov, 20.Mirjalol Annamatov.
Zaxira: Javoxir Komilov, Rustam Choriyev, Jafar Ismoilov, Javohir Ashurov, Rustam Jo‘rayev, Azizbek Choriyev.
Bosh murabbiy: Bahodir Annamatov
Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov 45, Mirzabek Joniqulov 59 (ikkalasi ham “Barkamol”dan).
Bosh hakam: Konstantin Smirnov (Qarshi)
Qanot hakamlari: Zufar Eliboyev, Artyom Kalinin (ikkalasi ham Qarshidan)
Zaxira hakami: Asror Xo‘jayev (Qarshi)
Nazoratchi: Aleshnikov V.R. (Qarshi)

Manba: voha.uz
Kiritildi: 15:06, 03.02.2017.
O'qildi: 4870 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик