Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Ko‘p kuyunmang, janob, futbolimiz ham — sizbop!

Ko‘p kuyunmang, janob, futbolimiz ham — sizbop!

Baho:
+ | -

Kecha “daryo”chilardan eshitdim, “professional” futbol ligasi bosh direktori — Farhod Magomedov quyi liga jamoalarini Amir Olimxonning shu paytgacha muzeyda sasib yotgan qamchisi bilan savalabdi. Qiziqishga o‘qib chiqdim. Sizni bilmadim-ku, bu odamning gaplari menga — salkam o‘n yillik rahbarning oqilona tanqididan ko‘ra, kechagina tayinlangan boshliqchaning ko‘r-ko‘rona o‘dag‘aylashiga o‘xshab tuyuldi.

“Halollik” haqida gapiribdilar. Endi Birinchi liga klublari ham “halol o‘yin deklarasiyasi”ni to‘ldirishi zarur ekan. Keyin bosh direktorning aytishicha, futbolchilar maydonda ko‘ngli tusagan ishdan qaytmas — bir-biri bilan yoqa bo‘g‘ishar, hakamlarni “aylantirib” so‘kar, yana kamiga “maymun o‘ynatar” emish.

(Esimga tushib qoldi, yaqinda, Norvegiya chempionatidamidi-ey, qaysidir darvozabon maydonning o‘zida kichik ehtiyojini qondirgani uchun qizil kartochka bilan “siylangani” to‘g‘risidagi xabarlar rosa shov-shuv bo‘lgan edi, shunisidan asrasin!)

“Yo‘q, bunga yo‘l qo‘ymayman”, - debdi boshliq. “Bunday davom etishi mumkin emas”, - deb qamchi bilan stolni mushtlabdi rahbar. Vey, Farhod aka, bor ekansiz-ku. To‘qqiz yildan beri qidiramiz-a, sizni. (2008 yildan beri PFL direktori lavozimida ishlab keladilar-da!). Qarang, shu paytgacha, ya’ni quyi liga tashkil etilganidan beri “birinchi sort” jamoalar bilgan axlatini yeb yotgan ekan!

“Islohotlar” haqida gapiribdilar. U nima deysizmi? Masalan, birinchi liga saviyasini oshirish (umuman, Oliy ligada anqoning urug‘i bo‘lgan narsa, u yoqda nima qilsin? Gap nima haqida ketayotganini, umid qilamanki, sezdingiz) uchun 18 ta jamoa qoldirilishi ham bir “islohot”-da! Mayli endi, futbolimiz rahbarlari, yaxshi niyatda birinchi ligamizni — chempionship darajasiga ko‘tarishni maqsad qilgandir...

Darvoqe, maqsad haqida. Janob Magomedov — “Birinchi liganing hech bir klubi oliy ligada o‘ynab ketishiga ishonmayman”, - deb afsus chekibdi. Qiziq, unday bo‘lsa, “bir tiyinga qimmat” musobaqani tashkil qilish va unda oz-emas, ko‘p emas naq 18 ta jamoani olib qolishdan murod ne?

Ayniqsa, Farhod akaning — “klub pullarini iqtisod qilib, futbolchilarga hatto ovqat ham bermayapsizlar! Futbolchi bechora maydonga och qorin bilan tushadi”, - degan gaplarini o‘qiganimda, o‘zimni tutib tura olmadim. Qalamim tebranmay qoldi. Ko‘zdan pana joyga o‘tib, o‘kirib-o‘kirib yig‘lab, biroz yengil tortdim. Bunaqa emasda endi. Puli, sifatli maydoni, muxlislariga ega 8-10 ta klub jamlangan liga shakllantirish shu qadar qiyinmi?

Yana bir gap. Yanglishmasam, Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi, ya’ni FIFA qoidalariga ko‘ra, davlat organlarining mahalliy futbol federasiyasi ishlariga aralashishi mumkin emas. Bunday holatlar kuzatilsa, FIFA ularni yog‘och stul ko‘tartirib, burchakka turg‘azadi. Ammo Magomedovda sherni yuragi bor ekan-ey. Hech tap tortmasdan viloyat hokimlaridan ligani — “tartibga olishni” so‘rabdi. Iltimos qilibdi. (Tushunmadim, unda PFLning vazifasi nima?). FIFAning ham ko‘zini yog‘ bosganmi nima balo...

Umuman, gapiraman desam, “dardlar” tiqilib yotibdi. Yakunlab qo‘ya qolaman. Ammo so‘zim oxirida yurtimizdagi futbol shinavandalariga savolim bor. Siz Farhod akani qachondan taniy boshlagansiz? Men, huv o‘sha, PFL kubogi finalidan keyin, sharmandali taqdirlash marosimi o‘tkazilganda taniganman. Bechora jurnalistlarning — “jilla qursa shu g‘olib jamoaga beriladigan kubok o‘lgurni sal epaqaga keltiringlar”, - qabilida javrab yozganlari ham samara bermadi. Ahvol o‘zgarmadi!

Shuning uchun ko‘p kuyunmang, janob, futbolimiz ham — sizbop!

O‘tkir Qalamtebratar

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:09, 03.02.2017.
O'qildi: 15471 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик