Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

O‘zbekistonning to‘rt klubi yig‘in uchun beqaror vaziyat hukmron Turkiyani tanladi. O‘zbekiston termasi ham

O‘zbekistonning to‘rt klubi yig‘in uchun beqaror vaziyat hukmron Turkiyani tanladi. O‘zbekiston termasi ham

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Oliy ligasining to‘rt klubi — «Lokomotiv», «Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» qishki yig‘inni o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahrini afzal bildi.

«Temiryo‘lchilar» olti kun muqaddam xorijga jo‘nab ketgan bo‘lsa, «Paxtakor» bugun — 5 fevral kuni shuni takrorladi. Oliy liganing 2016 yilgi mavsumini 5-o‘rinda yakunlagan klub 19 fevralga qadar Antaliyada mashg‘ulot olib boradi.

Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi ham Toshkent klublarining ortidan ergashdi. Andrey Fyodorov shogirdlari ikki hafta davomida Antaliyadagi yig‘inda ishtirok etadi. «Nasaf» esa Osiyo Chempionlar ligasiga tayyorgarlikni Turkiyada olib bordi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan «Lokomotiv» va «Paxtakor» klublariga qulayroq bo‘lsin deb, terma yig‘inini ham Turkiyada bo‘lishini ta’minlagani haqida aytib o‘tgandi. 9—13 fevral kunlari orasida milliy terma jamoa Antaliyada 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

O‘zbekiston klublarining nima sababdan aynan Turkiyani tanlayotgani ochiqlanmagan. Avvalroq Turkiyadagi beqaror vaziyat tufayli Armaniston terma jamoasini yig‘inni Kiprga ko‘chirgan va O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini bekor qilgandi. Shuningdek, Germaniya Bundesligasi klublari ham Turkiyaga borishdan bosh tortib, Ispaniya, Qatar, BAA, AQSH kabi mamlakatlarda yig‘in o‘tkazishga qaror qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:32, 05.02.2017.
O'qildi: 9509 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик