Yangi mavsumga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini Antaliyada olib borayotgan «Lokomotiv» ertaga ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Xabaringiz bor, birinchi bahsda jamoamiz Turkmanistonning «Oltin Asr» klubini 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. Ertaga esa «temiryo‘lchilar» Bosniya va Gersegovinaning «Sarayevo» klubi bilan bellashishadi.
Jamoa bugun kechki payt o‘yinga tayyorgarlik mashg‘ulotini o‘tkazdi. Futbolchilarimiz navbatdagi uchrashuvga tayyor. Ertangi bellashuv 17:00da (Toshkent vaqti bilan 19:00) start oladi.