Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Farg‘ona viloyati hokimi kubogi - 2017” kundaligi: O‘n birinchi kun

“Farg‘ona viloyati hokimi kubogi - 2017” kundaligi: O‘n birinchi kun

Baho:
+ | -

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasila yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“Istiqlol”ga tasanno

Birinchi liga debyutanti “Istiqlol” jamoasi “Viloyat Hokimi Kubogi-2017”da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Noil Gubanov shogirdlari musobaqada to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, ularning uchtasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Neftchi-1” bilan durang o‘ynadi. Natijada jamoa finalga yo‘llanma oldi. “Istiqlol” ko‘rsatgan natija tahsinga loyiq. Demak, yangi mavsumda ushbu klub birinchi ligada ham ko‘plab jamoalarga bosh og‘riq bo‘lishi turgan gap.

Finaldan oldingi final

Bir kun oldin “Mash’al-1”ni dog‘da qoldirib, yarim finalga yo‘l olgan qo‘qonliklar final ostonasida yana muborakliklarga qarshi maydonga tushishdi. Mazkur uchrashuvga ko‘pchilik finaldan oldingi final deya ta’rif berishgandi. O‘yin o‘z nomiga yarasha dramatik tarzda kechdi. Birinchi bo‘limda muborakliklar hisobni ochishdi. Bundan tashqari, bo‘lim yakunlanishi arafasida “Qo‘qon-1912” a’zosi Bahodir Akramov bosh hakam tomonidan ikki marta ogohlantirilib, qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘lim boshida “Qo‘qon-1912-1” jamoasi bosh murabbiyiga ham qizil kartochka ko‘rsatildi. Shunday bo‘lsa-da, tashabbusni o‘z qo‘liga olgan No‘’mon Hasanov shogirdlari 57-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Andrey Sidorov gol muallifi bo‘ldi. Shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi. Natijada g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga navbat berildi. Futbol lotoreyasida omad qo‘qonliklarga kulib boqdi. “Qo‘qon-1912-1” posboni Nikita Ribkin raqiblarning ikkita zarbasini qaytarishni uddaldi. Bu esa qo‘qonliklarga o‘z tarixlarida ikkinchi bor “Viloyat Hokimi Kubogi” finalida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”
Yarim final
“Neftchi-2” – “Istiqlol” – 0:1

“Qo‘qon-1912-1” – “Mash’al-2” – 1:1 (0:1) pen. ser (4:3)

ERTAGA FINAL
Ertaga musobaqaning yakuniy – final bahsi o‘tkaziladi.
“FarDU” stadionida “Qo‘qon-1912-1” va “Istiqlol” jamoalari bosh sovrin sohibini aniqlash uchun maydonga tushishadi. Uchrashuv ham soat 12:00da boshlanadi.

Final
7 fevral
Istiqlol – Qo‘qon-1912-1 soat 12:00 FarDU SM

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 13:13, 06.02.2017.
O'qildi: 4648 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.