Ispaniya chempionatining 4-divizioni vakili «Alkorkon Posuelo» klubi darvozaboni Salva «Vilyanueva del Pardilyo» (1:0) klubiga qarshi o‘yinda jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Salva 80-daqiqada to‘pni kuchli zarba bilan raqib jarima maydoni sari yo‘lladi va jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.