Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Denis Istomin ATP reytingida yanada ko‘tarilib oldi

Denis Istomin ATP reytingida yanada ko‘tarilib oldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin ATP reytingida yana uch pog‘ona yuqorilashga erishdi. Bunga uning Devis kubogidagi muvaffaqiyatli yurishi sabab bo‘ldi.

Australian open—2017 dagi munosib ishtirokidan keyin Istomin kattagina o‘sishga erishib, yuztalikka kirib olgan va 80-o‘rindan joy egallagandi. Bir hafta ichida uning natijasi 77-o‘ringa qadar yaxshilandi.

Istomin Devis kubogida O‘zbekiston terma jamoasini navbatdagi bosqichga olib chiqqan 3 ochkoni olib berishga muvaffaq bo‘ldi. Janubiy Koreyaga qarshi to‘qnashuvlar Sanjar Fayziyevning mag‘lubiyati bilan boshlangan bo‘lsa-da, keyinroq Istomin ketma-ket ikki raqibdan ustun keldi. Juftlikda esa o‘sha Sanjar Fayziyev bilan tandem hosil qilib, yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Sanjar Fayziyevning o‘zi ATP reytingida to‘rt pog‘ona sho‘ng‘ib, 371-o‘ringa kelib joylashdi.

Tennischilar reytingining dastlabki o‘ntaligida o‘zgarish yo‘q. Unda britaniyalik Endi Marri peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Istominga imkoniyatni boy berib Avstraliya ochiq chempionatidan chiqib ketgan Novak Jokovich 2-o‘rindan joy olgan. Keyingi pog‘onalardan Stan Vavrinka (SHveysariya), Milosh Raonich (Kanada), Kei Nisikori (YAponiya), Rafael Nadal (Ispaniya), Marin Chilich (Xorvatiya), Dominik Tim (Avstriya), Gael Monfis (Fransiya) hamda Rojer Federer (SHveysariya) kabi raketka ustalari joy olgan.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:45, 07.02.2017.
O'qildi: 14543 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.