Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Ispaniya kubogi. «Barselona» — dastlabki finalchi

Ispaniya kubogi. «Barselona» — dastlabki finalchi

Baho:
+ | -

Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida dastlabki javob o‘yini bo‘lib o‘tdi. «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tgan «Barselona» va «Atletiko» o‘rtasidagi bahsda muxlislar shiddatli o‘yinga guvoh bo‘lishdi.

Simeone shogirdlari uchrashuv boshida tezkor gol urib olish maqsadida oldinga tashlanishdi, ammo tartibli himoyalangan "ko‘k-anorranglilar" asta-sekin o‘yinni tenglashtirishdi. Birinchi bo‘lim tugashiga 2 daqiqa qolganida Luis Suares kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqib, mehmonlarni qiyin ag‘volga solib qo‘ydi. Boisi, Madridda o‘tgan dastlabki uchrashuvda "Barsa" 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Ikkinchi bo‘lim ancha asabiy o‘tdi va tengkurashlar ostida o‘di. Hakam dastlab "Atletiko"ning toza golini inobatga olmagan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan Serji Robertoni maydondan chetlatib, mehmonlarga yordam qo‘lini cho‘zgandek  bo‘ldi. Natijada madridliklar yana oldinga tashlanishdi, ammo bu uzoq davom etmadi. Ferreyra Karraskoning qizil kartochka olib, maydonni tark etishi yana o‘yinni tenglashtirdi.

O‘yin so‘ngida "Atletiko" va-bankka bordi va oldinga intildi. Gameyro penaltidan samarali foydalana olmagan bo‘lsa, o‘yindan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Qolgan daqiqalarda har ikkala tomon gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi. Natijada "Barselona" Ispaniya kubogi finaliga chiqqan dastlabki jamoaga aylandi.

Darvoqe, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida Luis Suares ham maydondan chetlatildi. Endi u Serji Roberto kabi finalda ishtirok eta olmaydi.

Ispaniya kubogi, yarim final, javob o‘yini
Barselona – Atletiko 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 43 Suares, 1:1 – 83 Gameyro.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Denis Suares (Maskerano, 62), Serji Roberto, Andre Gomesh, Rakitich (Inyesta, 72), Turan (Buskets, 70), Messi, Luis Suares.
Atletiko – Moyya, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin (Lyuka Ernandes, 49), Saul, Koke, Gaytan (Korrea, 48), Ferreyra Karrasko, Grizmann, Torres (Gameyro, 61).
Ogohlantirishlar: Serji Roberto (19), Ferreyra Karrasko (36), Rakitich (66), Sillessen (76), Savich (76), Suares (87), Filipe Luis (90), Buskets (90).
Chetlatishlar: Serji Roberto (57), Ferreyra Karrasko (69), Luis Suares (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:04, 08.02.2017.
O'qildi: 11093 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик