Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

OCHL. O‘zbekiston koeffisiyentlar jadvali uchun necha ball to‘pladi?

OCHL. O‘zbekiston koeffisiyentlar jadvali uchun necha ball to‘pladi?

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasida saralash bosqichi yakuniga yetib, guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha klublar nomi aniq bo‘ldi. Xabaringiz bor, OFK ushbu mavsumdan boshlab koeffisiyentlar jadvalini hisoblashda saralash bosqichidagi natijalarni ham inobatga olishga qaror qildi. OCHL saralashida ishtirok etgan "Nasaf" va "Bunyodkor" klublari O‘zbekiston hisobiga qancha ball keltirganini hisoblab ko‘ramiz.

Qoidaga ko‘ra, saralashdagi ishtirok uchun har bir jamoaga 0,3 balldan taqdim etiladi. Demak, 2ta klubimiz bu jihatdan 0,6 ballga ega bo‘lishgan. "Nasaf" dastlabki bosqichda "Al-Hidd" ustidan g‘alaba qozongani bois, yana 0,3 ballni taqdim etdi. "Bunyodkor" "Al-Jaish"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgani uchun 0,15 ochkoga ega bo‘ldi. Natijada O‘zbekiston saralash bosqichida jami 1,05 ballni qo‘lga kiritdi. Bu G‘arb mintaqasi mamlakatlari orasida eng yaxshi natija bo‘ldi.

Qatarning ikkita klubi saralashda penaltilar seriyasida yutqazgani bois 0,9 ballga ega bo‘ldi.

Umuman olganda, OCHL guruh bosqichida BAA, Saudiya Arabistoni va Erondan 4tadan, Qatar va O‘zbekistondan 2tadan klub ishtirok etadigan bo‘ldi. Guruh bosqichida jamg‘ariladigan ochkolar faqat guruh bosqichida ishtirok etadigan klublar soniga bo‘linadi va o‘rtacha ball hisoblanadi.

G‘arb mintaqasi mamlakatlari OCHL saralash bosqichida to‘plagan ochkolari:
O‘zbekiston — 1,05 ball
Qatar — 0,9
BAA — 0,6
Saudiya Arabistoni — 0,6
Eron — 0,45
Iordaniya — 0,3
Hindiston — 0,3
Bahrayn — 0,3

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:55, 08.02.2017.
O'qildi: 24496 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.