Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«PSJ» «Arsenal» yarim himoyachisini 150 million yevroga sotib olishga tayyor

«PSJ» «Arsenal» yarim himoyachisini 150 million yevroga sotib olishga tayyor

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi safida to‘p suruvchi hujumkor yarim himoyachi Bukayo Saka faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goals Zone jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz vingerini o‘z safiga qo‘shib olishga qatorasiga ikki mavsumdan beri UYEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqayotgan Fransiyaning «PSJ» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Parij grandi rahbariyati Sakaning transferi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor. Liga 1 chempioni futbolchi uchun taxminan 150 million yevro taklif qilmoqchi.

Yakunlangan mavsumda Bukayo «kanonirlar» libosida 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o‘z hisobiga 11 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:54, 14.06.2026.
O'qildi: 3994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик