Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

“Olmaliq” nazorat o‘yinida Ukraina klubini mag‘lubiyaga uchratdi

“Olmaliq” nazorat o‘yinida Ukraina klubini mag‘lubiyaga uchratdi

Baho:
+ | -

«Olmaliq» klubi Antaliyada o‘tkazilayotgan o‘quv-yig‘ini doirasida ikkinchi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Bu gal ham "Olmaliq"qa Ukraina jamoasi raqiblik qildi. Bungacha jamoamiz shu mamlakatning "Karpati" va "Zarya" jamoalari bilan uchrashuv o‘tkazgan va har ikkisida mag‘lubiyatga uchragan edi. "Volin" bilan bahsda Viktor Balyutovich asosan zaxirada qolayotgan futbolchilarni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi. Birinchi taymda jamoamiz futbolchilari ancha faol harakat qilishdi. O‘yinning 15-daqiqasida Abduqahhor Hojiakbarov qanotdan oshirib bergan to‘pini Viktor Klishin bir urinishda darvozaga yo‘lladi. Dastlabki 45 daqiqalikda raqib darvozasi oldida yana ko‘plab xavfli vaziyatlar sodir etildi. Birgina Alibobo Rahmatullayev bir necha marta qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Bir vaziyatda darvozabon Xurshid Xodjayev jamoamizni muqarrar goldan asrab qoldi.

Ikkinchi taymda tarkibdan 8 futbolchi almashtirildi. Birinchi taymda o‘ynagan Mullajonov, Rahmatullayev va Usmonov o‘yinni davom ettirishdi. Bu bo‘limda ham futbolchilar faol o‘ynashdi. Jamoamizda bo‘lgani kabi raqib tarkibida ham tez-tez futbolchilar almashtirildi. 73-daqiqada Muhammad Isayev maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va oldinga tashlandi. Raqib futbolchilari har qancha qarshilik ko‘rsatmasin u jarima maydoniga yorib kirdi va darvozani ishg‘ol etdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib raqib burchak to‘pidan so‘ng hisobni qisqartirishga erishdi. Gol muallifi luskliklarning yagona legioner futbolchisi Mixa Goropevshek bo‘ldi. O‘yin davomida jamoamizdan Doniyor Usmonov va raqib jamoadan Yuriy Romanyuk moldaviyalik hakam tomonidan ogohlantirildi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 9 fevral

Topkape futbol majmuasi.

"Olmaliq" - "Volin" 2:1

Gollar: Viktor Klishin 15, Muhammad Isayev 73 - Mixa Goropevshek 75

"Olmaliq": Xurshid Xodjayev, Rahmatillo Berdimurodov, Shavkat Mullajonov, Aziz Suyunov, Abduqahhor Hojiakbarov, Alibobo Rahmatullayev, Murod Rajabov, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Doniyor Usmonov, Shota Grigalashvili, Viktor Klishin.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To‘rayev, Islom Inomov, Vladislav Kasminin, Xurshid Muxtorov, Igor Yelich, Muhammad Isayev, Dilshod Jo‘rayev, Zabihillo O‘rinboyev.

"Volin": Artyom Kichak, Sergey Loginov, Roman Nikityuk, Vladislav Shapoval, Yuriy Romanyuk, Oleg Gerasimyuk, Redvan Memeshev, Dmitro Zadereskiy, Artyom Dudik, Sergey Petrov, Anatoliy Didenko.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mixa Goropevshek, Aleksandr Chepelyuk, Andrey Lyashenko, Sergey Melinishin, Yuriy Teterenko, Yevgeniy Mogil, Roman Shandruk, Vladislav Dmitrenko, Oleg Trakalo, Danilo Beskorovayniy, Ruslan Marushka, Ilya Timoshenko, Oleg Marchuk.

Hakamlar: Vlad Ivanchenko, Sergey Beshleu, Artur Makovey (barchasi - Moldaviya)

Bu bahsda kichik jarohat sabab Kamoliddin Murzoyev va Shohnazar Norbekov ishtirok etmadi.

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 20:58, 09.02.2017.
O'qildi: 4596 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик