Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

«Andijon» yig‘ini Toshkentga ko‘chdi

«Andijon» yig‘ini Toshkentga ko‘chdi

Baho:
+ | -

«Farg‘ona hokimi kubogi-2017» turnirining guruh bahslari yakuniga yetgach «Andijon» murabbiylari futbolchilarga qisqa muddatli dam bergandi.

Kuni-kecha jamoa a’zolari navbatdagi yig‘inni Toshkentda davom ettirish uchun poytaxt tomon yo‘l oldi. Ko‘pincha har yili qishda jamoa uchun vaqtinchalik baza vazifasini o‘tab beradigan «Admiral» mehmonxonasi yana «Andijon» ixtiyorida ekanligini aytib o‘tish lozim.

Kecha jamoa a’zolari rejaga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tarkibga ikki nafar o‘yinchi kelib qo‘shilganini ma’lum qilamiz. Bular - darvozabon Azizbek Abubakirov va himoyachi Abdurasul Komilovdir.

Abubakirov «UzTongXongKo» (zavod jamoasi) posboni hisoblanib yanvar oyida jamoa yig‘inida ishtirok etgandi. Murabbiylar uni poytaxtdagi yig‘inga ham taklif etishdi. Himoyachi Komilovni esa andijonlik muxlislar yaxshi biladi u so‘nggi yillarda birinchi liga ishtirokchisi «UzDongJu» sharafini himoya qilib kelayotgandi. Endilikda Abdurasul viloyatning bosh jamoasi uchun o‘ynaydi.

Bundan tashqari yaqin kunlar ichida yana boshqa futbolchilar ham kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Bungacha jamoa ko‘rigida bo‘lgan yarim himoyachi Shukur Jumaboyev «Andijon» lagerini tark etdi.

Mashg‘ulotlar odatdagidek kuniga ikki mahaldan o‘tkazilmoqda. Ertalabki mashg‘ulotlar trenajyor zalida o‘tayotgan bo‘lsa tushlikdan keyingi mashg‘ulotlar hozircha «Do‘rmon» stadionida olib borilmoqda.

11 fevral kuni «Andijon» poytaxt yig‘inidagi ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Sparring raqib «Bunyodkor» jamoasi bo‘ladi.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 12:25, 10.02.2017.
O'qildi: 4164 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик