Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

“Surxon” futbol jamoasi qayta tashkil etildi

“Surxon” futbol jamoasi qayta tashkil etildi

Baho:
+ | -

Surxondaryo viloyatida “Surxon” (Termiz) professional futbol klubini qayta tiklash masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat futbol federasiyasi, “Surxon” ( Termiz) professional futbol klubi, “Neftchi” (Jarqo‘rg‘on) futbol klubi rahbarlari, murabbiylar, shahar va tuman hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari hamda boshqa mutasaddi muassasalar rahbarlari va matbuot xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov olib borar ekan, federasiya faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, bugungi kunda futbol ommaviyligini oshirish va rivojlantirish, professional futbolning moddiy-texnik bazasini shakllantirish bo‘yicha mavjud muammolar ta’kidlab o‘tildi.
 
Yig‘ilishda, 2016 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, o‘tish turnirida munosib qatnashgan “Neftchi” jamoasi birinchi ligaga yo‘llanma olgan bo‘lsa-da, uy uchrashuvlarni o‘tkazish uchun Jarqo‘rg‘on tumanida yaratilgan shart-sharoitlar, sport bazasi va stadioni O‘zbekiston Professional futbol ligasi talablariga javob bermasligi qayd etib o‘tildi.
 
Shu tufayli viloyat hokimligi viloyat futbol federasiyasi va “Neftchi” futbol klubi rahbariyati bilan kelishilgan holda mamlakat birinchi ligasida 2017 yilgi mavsumda “Surxon” (Termiz) professional futbol klubi qatnashishi ma’lum qilindi.
Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 18:30, 10.02.2017.
O'qildi: 9256 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик