«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu 2018 yilda o‘z lavozimini tark etishini e’lon qildi, deb xabar beradi AS.
Bartomeu prezidentlik kursisiga 2015 yilda o‘tirgan va 2021 yilgacha faoliyat olib borishi zarur edi. Ammo u lavozimini muddatidan oldin tark etishga qaror qildi. Buning sabablari ma’lum emas.
Shuningdek, Bartomeu ketmasidan oldin Messi, Inyesta, Rakitich, Pike va ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirishga va’da berdi.