"Sanderlend" hujumchisi Jermeyn Defo jamoaning eng yosh muxlislaridan biri, saraton kasalligiga chalingan Bredli Lourini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
"Sanderlend" futbolchilari — O'Shi, Mannone, Larsson va Defo 5 yoshli Bredliga syurpriz tayyorlagan holda, uni ko‘rgani shifoxonaga tashrif buyurishdi. Bolakay esa ulardan kechasi bilan o‘zining yonida qolishlarini so‘radi. Defo uning iltimosini bajargan holda, tuni bilan Lourining yonida qoldi.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham Bredli bilan uchrashib, unga jamoa futbolchilari imzosi tushirilgan futbolkani sovg‘a qilgandi.