Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Samvel Babayan: «Yig‘inda yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi futbolchilarini sinovdan o‘tkazdik»

Samvel Babayan: «Yig‘inda yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi futbolchilarini sinovdan o‘tkazdik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi ikkinchi davrasi oldidan Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12 fevral kunlari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazdi.

Yig‘in davomida terma jamoa ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premyer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 11 fevral kuni esa O‘zbekiston termasi Armanistonning “Alashkert” klubiga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bugun Toshkentga qaytib keladi. Bosh murabbiy Samvel Babayan bo‘lib o‘tgan yig‘in yakunlari borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Terma jamoa uchun muhim va sifatli yig‘in o‘tkazildi. Asosiy maqsad – o‘ziga yarasha yuqori darajadagi “Amkar” klubi bilan nazorat o‘yini o‘tkazish edi. Mazkur bellashuv fonida terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirdik. Avval ta’kidlaganimdek, “Amkar” bilan o‘yin natijasi va futbolchilar xatti-harakatidan qoniqish hosil qildim. Asosiy tarkibdan tashqari zaxirani ham shakllantirdik. Yosh futbolchilar o‘sishda davom etmoqda, ularga imkoniyat berildi. Mazkur o‘yinda maydonga tushganlar zaxira kuchi sanaladi. Hujum chizig‘i esa saralash uchrashuvlaridagi asosiy potensialimizdir”, – dedi Babayan.

“Yig‘in doirasida “Alashkert” bilan o‘yin ham o‘tkazildi. “Amkar” bilan o‘yin nazorat o‘yini bo‘lsa, mazkur bellashuv mashg‘ulot o‘yini edi. Armaniston klubiga qarshi o‘yinda “Amkar” bilan uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilar maydonga tushmadi. Nesterov oilaviy sabablarga ko‘ra yig‘inni tark etdi, uning o‘rniga “Metallurg” posboni Suhrob Sultonovni chaqirdik. Shuningdek, Otabek Shukurov Turkiyaga betob holatda keldi. U “Al-Jaish”ga qarshi OCHL o‘yinida ham biroz shamollagan edi. Uning sog‘lig‘i bilan tavakkal qilishni istamadik va Shukurovga dam berdik. “Lokomotiv” futbolchilari OCHL 1-tur o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgani sabab, ularni klub safiga jo‘natib yubordik. Ular “Alashkert” bilan o‘yinda ishtirok etmadi. Armaniston klubi bilan tajribaviy tarkibda o‘ynadik. Bundan tashqari, Turkiyaga o‘z klubi bilan kelgan o‘smirlar va yoshlar terma jamoasi futbolchilarini sinovdan o‘tkazdik”, – deya fikrini bayon qildi terma jamoa ustozi.

“Umuman olganda, yakuniga yetgan yig‘indan ko‘nglim to‘ldi. Bunday o‘quv-mashg‘ulotlar terma jamoa oldidagi vazifalarni bajarishda juda muhim sanaladi. Suriyaga qarshi o‘yin oldidan klub bosh murabbiylari bilan kelishgan holda futbolchilarni 14–15 mart kunlari chaqiramiz va ehtimol 1 kunlik yig‘in o‘tkazamiz. Bir kunlik yig‘inda jismoniy emas, asosan nazariy tayyorgarlikka e’tibor qaratiladi. Futbolchilar bilan doimo aloqada bo‘lish katta ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z navbatida yigitlarga terma jamoa falsafasini yaxshiroq tushunishga ko‘mak beradi”, – deya fikrini yakunladi Samvel Babayan.

Ma’lumot o‘rnida, Suriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi JCH–2018 saralash bosqichi 6-tur uchrashuvi shu yilning 23 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Suriya nominal mezbon bo‘lgani hamda mamlakatda siyosiy barqarorsizlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK o‘yinni neytral zona – Malayziyada o‘tkazilishini ta’minladi.

Mazkur bellashuv Malayziyaning Seremban shahridagi Tuanku Abdul Rahman Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band qilib turibdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:25, 12.02.2017.
O'qildi: 11850 marta.
Fikrlar: 115 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.