Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Matador» vajohati yoxud Kavani o‘yiniga nazar

«Matador» vajohati yoxud Kavani o‘yiniga nazar

Baho:
+ | -

Edinson Kavani mashhur Pedro Pauleta natijasini takrorladi, biroq hamon Zlatan Ibragimovichdan ortda boryapti. Urugvaylik to‘purar Yevropada hammadan ko‘p gol urmoqda, biroq hattoki, hamyurti Luis Suareschalik ham e’tirof etilmayapti. Soccer.ru saytining quyidagi maqolasi aynan xizmatlari yetarli darajada baholanmayotgan baquvvat hujumchi - «Matador» haqida.

Zlatandan o‘tib ketadigan yigit

«PSJ» tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomi uzoq vaqt 20 yillik rekordni yangilagan Pedro Pauletaga tegishli bo‘ldi. U chindan ham, zo‘r o‘ynardi, biroq hech qachon dunyo miqyosida mega-yulduz sanalgan emas. Xullas, portugaliyalik hujumchi 211ta o‘yinda 109ta gol urgancha «PSJ» «shohi»ga aylangandi. Bu uning o‘rtacha hisobda har bir o‘yinda 0,52 gol hosil qilganiga dalolat - asr boshi uchun yomon natija emas. Biroq Pedro rekordini «qulatgan» hujumchida ushbu ko‘rsatkich yanada balandroq - 1ta o‘yinda 0,87 gol. Boz ustiga, janobi Ibragimovich o‘z hisobidagi 50ta golni parijliklar bilan xayrlashuv mavsumida nishonladi. Biroq shved goleadori Edinson Kavanidan naq 6 yosh katta. Aytish joiz, urugvaylik hujumchi Pauleta natijasini takrorlashga ancha kam vaqt sarfladi. To‘g‘rirog‘i, 109ta gol marrasini Pedroga nisbatan tezroq zabt etdi. Ha, unda samaradorlik koeffisiyenti Zlatannikiga qaraganda, past - 1ta o‘yinda 0,62ta gol. Lekin klub tarixidagi ikkinchi goleador bo‘lish ham katta natijadir. Qolaversa, unda to‘purarlar ro‘yxatining 1-o‘rniga chiqish uchun imkoniyat ham, vaqt ham yetarli. Ayniqsa, hozirgi samaradorligini hisobga olsak. Kavani joriy mavsum barcha turnirlar hisobidan 28ta o‘yinda 29ta gol urdi - aqlni shoshirib qo‘yadigan natija. Vaholanki, Parijda Edinson mudom e’tirozlar domida yuradi va o‘zi yangi klub qidirayotganini hech qachon yashirgan emas. Eng diqqatga sazovor tomoni, urugvaylik hujumchi ketma-ket 7 yildan buyon 25tadan kam gol urayotgani yo‘q. Shulardan 5tasida esa, 30ta gol marrasidan oshdi. 7 yil - bu futbolda katta muddat va saviya belgisi. Urugvaylikni yetakchilik masalasida Ibragimovich bilan taqqoslash noo‘rin, ammo u raqib darvozasi tomon doimo yo‘l topadi. 1,5 yilcha avval Kavanining otasi - Luis uning kayfiyatini juda pasaytirib yuborgandi. Ya’ni mast holda avtomobil boshqarib,  19 yoshli motosiklchi hayotiga zomin bo‘ldi. Natijada Edinson o‘zini o‘nglab olish uchun biroz tin oldi. Zero, himoyachilar uni izdan chiqarishga urinishgandi: «Otang 20 yilga qamaladi. U qotil». Futbolchining bunday vaqtlarda odatiy maromda ishlashi juda qiyin. Lekin vaqt har qanday dardni davolaydi, agarda inson xarakteri kuchli bo‘lsa...

Jahonning eng qadrlanmagan hujumchisi?

UYEFA CHL guruh raundi ramziy termasiga Levandovski yoki Ronalduni emas, aynan Kavanini kiritdi. Ya’ni u Mertens va Messiga sherik bo‘ldi. Har kimda qardlanmagan yoki bahosi oshirib yuborilgan futbolchilar masalasida shaxsiy fikri-ro‘yxati bor.

Biroq raqamlar va faktlar asosida tuzilgan reytinglar muhimroq ahamiyat kasb etadi, baribir. Demak, Kavani avvalgi mavsum yakunlariga ko‘ra, sifatli o‘yin namoyish qilgan, ammo e’tibordan chetda qolgan yulduzlar orasida kamida kuchli uchlikdan joy oladi. Ko‘pchilik baralla e’tirof etildi - portugallar, fransuzlar, Yevro-2016ning boshqa qahramonlari, hattoki, Amerika kubogi g‘olibiga aylangan chililiklar... «Real» va «Barselona» yulduzlariga ham talab darajasida urg‘u berildi. Endi hamma Zlatan haqida gapiryapti, negaki, u APLga yo‘l oldi va gollar urmoqda. Diyego Kosta,  Eden Azar va Kontening boshqa shogirdlari ham radarlar nigohiga qaytishdi. Kavanini esa faqat omadli gol «bo‘roni»dan keyingina eslashdi. Shunda ham nomiga...

Vaholanki, CIESning statistik tahlili natijalariga qarasak, Ronaldu va Messi ortida aynan Kavani hamda Jeko bor. «Real» yetakchisi 94 va «Barsa» yulduzi 93 ballga ega, Edinson hisobida esa 92 ochko bor. Krishtianuning oxirgi haftalarda ko‘rsatgan o‘yinlarini nazarda tutib, bemalol taxmin qilish mumkin: Messi va Kavani undan o‘zib ketishga ulgurishgan. Agar faqat markaziy hujumchilar reytingini olsak, unda Kavani mutlaq peshqadam. Shunga qaramay, hamon soyada qolmoqda. U bunga ko‘nikib ham ketgan. Deylik, Urugvay termasida Forlan yoki Suares, Parijda esa Ibragimovich ortida yurgan. Shu ma’noda aytsak, Kavani xuddi Fransiyadagi Beyl, go‘yo.

Yuqori sport formasiga qaytish

Edinson o‘zi uchun eng muvaffaqiyatli davr sifatida 2011 yilni tilga oladi. U haq, o‘shanda «Napoli»da chindan ham, qudratli hujumchidek gavdalangandi. Lekin joriy mavsumdagi asosiy ko‘rsatkichlari ham chakki emas. Umuman, maqolaga ilova qilingan jadvalda qarab, urugvaylikning «PSJ»da naqadar muhim rol o‘ynashini yaqqol tushunish mumkin.

Edinson «Barselona»ni to‘xtatishga qodirmi?

Bu savolga yaqin orada javob olamiz. Tan olish kerak, «PSJ» - «Barselona» juftligi CHLning ilk «pley-off» raundidagi eng murakkablaridan biridir. Ayni payt Kavanining umumiy holati yaxshi ekanligi tushunarli, biroq u «Oltin butsa» uchun poygada Pyer-Emerik Obameyangdan ortda qolyapti. To‘g‘ri, bu borada ham unga qiyin - Fransiya chempionatida urilgan gollar koeffisiyenti nisbatan past. Muhimi, jamoaviy muvaffaqiyat va  Unai Emeri klubi hal qiluvchi pallalarga yaqinlashmoqda. Kavani - ispaniyalik mutaxassisning hujumdagi asosiy quroli. Jahonda Edinson bilan taqqoslashga arziydigan ajoyib markaziy hujumchilar ko‘p. Xullas, «Matador»ning jamoasi CHLda «Barselona»ga bas kelolmasa, u Fransiya ligasida hattoki, 40ta gol urgan taqdirida ham, e’tibordan chetda qolaveradi. Edinson buni yaxshi tushunadi va bo‘lajak bahslarda borini berishi tayin. Zero, «PSJ» uchun asosiy vazifa - yevrokuboklarda muvaffaqiyatli ishtirok etish. Demak, yana ozgina sabr qilamiz. Fakt shuki, «Matador» hozirda gollarga tashna.

Qiziqarli faktlar

*** Kavani joriy mavsum top-ligalarda 20ta gol marrasiga yetgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Yanvar oyidayoq.

*** Bitta golga ketadigan vaqt (o‘rtacha hisobda)ni deyarli ikki baravar qisqartirdi. Hayratlanarli ko‘rsatkich.

*** «PSJ»ning joriy chempionatdagi gollaridan  naq 50 foizi aynan Kavaniga tegishli. Hattoki, Lakazett («Lion»)ning ko‘rsatkichi ham bundan past.

*** Uning jami 36ta aniq zarbasidan 21tasi gol bilan tugadi. Avvalgi mavsumda 60ta urinishdan atigi 19ta gol hosil qilgandi.

KAVANI LIGA 1da: UMUMIY STATISTIKA

 

 

 Mavsum-  2013+2014

 Mavsum- 2014+2015

 Mavsum- 2015+2016

 Mavsum- 2016+2017

 O‘yin

 30

 35

 32

 19

 Daqiqa

 2298

 2628

 2309

 1469

 Gol

 16

 18

 19

 20

 Gol foizi*

 19

 22

 19

 49

 1ta golga sarflangan  vaqt**

 144 daqiqa

 146 daqiqa

 122 daqiqa

 73 daqiqa

 Samarali uzatma

 1

 1

 5

 0

 Zarba (anig‘i)

 89 (37)

 116 (60)

 85 (45)

 67 (35)

 Uzatma aniqligi

 85,5 foiz

 82 foiz

 85,4 foizi

 81,9 foizi

 Uzatma foizi***

 3

 2

 7

 2

* - «PSJ»ning jami gollariga nisbatan; ** - o‘rtacha hisobda; *** - «PSJ»ning jami uzatmalariga nisbatan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:05, 13.02.2017.
O'qildi: 6143 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.