Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

YECHL. 1/8 final. "PSJ" – "BARSELONA" o‘yini prevyusi

YECHL. 1/8 final. "PSJ" – "BARSELONA" o‘yini prevyusi

Baho:
+ | -

“PSJ” bu mavsumni ispaniyalik murabbiy Unai Emeri boshqaruvida o‘tkazmoqda. Mazkur mutaxassis esa “Barselona” haqida keraklicha ma’lumotga ega. Emerining yangi jamoasi Fransiyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Biroq bu mavqe’ni saqlab qolish esa bu mavsumda juda og‘ir kechmoqda.

Parijliklar hozirda chempionatda ikkinchi o‘rinda borishmoqda. “PSJ” ham bo‘lajak o‘yinga yaxshi kayfiyatda tashrif buyuradi, sababi ular so‘nggi turda “Bordo” ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozona olishdi. “PSJ” so‘nggi 11ta o‘yining naqd 10tasida g‘alaba qozonib bir bor durrang natija qayd etdi. Yana bir qizib ma’lumot amaldagi chempionlar o‘tgan yilning mart oyidan buyon o‘z maydonida mag‘lub bo‘lishganicha yo‘q. Ya’ni 24ta uchrashuvda 17ta g‘alaba.

Chempionlar ligasida esa “PSJ” o‘z raqibidan farqli ravishda ikkinchi o‘rinni olgan bo‘lsada 6ta bahsning birontasida mag‘lub bo‘lmadi va o‘rtacha hisobda har bir o‘yinda ikkitadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda Unai Emeri Xaver Pastore hizmatidan foydalana olmaydi. Shuningdek Gjegoj Krixovyak va darvozabon Kevin Trampning jismoniy holati ham yaxshi emas.

“Barselona” jamoasi bu uchrashuvga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurmoqda (Alaves – Barselona 0:6). Luis Enrike shogirdlari 11ta rasmiy uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramay, ulardan 8tasini g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi. Mehmondagi o‘yinlarda esa ‘ko‘k-anorranglilar” 5ta o‘yindan 4tasida zafar quchishdi va 14ta gol urib 2 marotaba o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi.

Chempionlar ligasida esa “Barselona” C guruhida 6ta uchrashuvning faqat bittasida mag‘lub bo‘ldi (Manchester Siti – Barselona 3:1). Shuningdek har bir o‘yinda o‘rtacha hisobda uchtadan gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi. Mazkur bahsda Xaver Maskerano, Rafinya, Arda Turan va Aleish Vidal o‘z jamoasiga yordam bera olishmaydi. Andres Inyesta va Jerar Pikening jismoniy holati esa qoniqarli darajada emas.

“PSJ” – “BARSELONA”
14 fevral. Parij. Stadion “Park-de-Prens”
Hakam: Shimon Marchinyak.

O‘zaro o‘yinlar: 9ta
G‘alabalar: Barselona – 4ta, PSJ – 2ta, 3ta durrang.
Gollar: Barselona – 16ta, PSJ – 11ta

So‘nggi uchrashuvlar:
21.04.2015: (1/4 final) Barselona – PSJ – 2:0
15.04.2015: (1/4 final) PSJ – Barselona – 3:1
10.12.2014: (F guruhi) Barselona – PSJ – 3:1
30.09.2014: (F guruhi) PSJ – Barselona – 3:2
10.04.2013: (1/4 final) Barselona – PSJ – 1:1
02.04.2013: (1/4 final) PSJ – Barselona – 2:2

Mazkur uchrashuvni UZREPORT Tvda soat 00:30 dan boshlab jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 18:10, 13.02.2017.
O'qildi: 12300 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик