Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Imkoniyatlar chamalanganda: «PSJ» - «BARSELONA», «BENFIKA» - «BORUSSIYA» D

Imkoniyatlar chamalanganda: «PSJ» - «BARSELONA», «BENFIKA» - «BORUSSIYA» D

Baho:
+ | -

Futbol olamida klublar o‘rtasidagi eng nufuzli va serdaromad turnir - Yevropa CHLning ilk «pley-off» raundiga qur’a tashlangach, Soccer.ru sayti ijodkorlari darhol juftliklarda qaysi jamoa favorit ekanligini taxmin qilishga tushishdi. Ular bu jarayonda ko‘plab jihatlarni e’tiborga olishdi.

«PSJ» - «BARSELONA»

Klublarning UYEFA reytingidagi o‘rni: 5 - 3
Klublar tarkibining umumiy bahosi (transfermarkt.de portali ma’lumoti bo‘yicha): 420 mln. yevro - 765 mln. yevro.
Klublarning CHL «pley-off» raundidagi tajribasi: chorak final - chorak final.
Klublarning yetakchi futbolchilari: Tyago Silva, di Mariya, Moura, Kavani - Inyesta, Messi, Neymar, Suares, Buskets, Pike.
Klublarning o‘yin bobidagi ustun taraflari: qarshi hujum, to‘p nazorati, aniq uzatma, uzoq masofadan beriladigan zarba, pozision himoya - individual mahorat, to‘p nazorati, vaziyat yaratish usuli, vingerlarning hujumdagi harakatlari.

Umumiy hisob: 3:0 - «Barselona» foydasiga, bitta durang bilan

Bu duelda bahorgi yarim finalchilar to‘qnashuvi kuzatiladi. «PSJ» ayni shu jihatdan «Barsa»ga teng, xolos. Qolgan barcha unsurlarda Kataloniya klubi ustun. Umuman, bu UYEFA reytingiga ko‘ra, eng kuchli juftlikdir. Biroq takror aytish kerak, o‘yinga bog‘liq turli elementlar bo‘yicha kataloniyaliklar ancha oldinda. Aslida joriy CHL «PSJ» uchun nihoyatda muhim. Unai Emeri o‘rniga Roberto Manchinini tayinlanishi xususidagi gap-so‘zlar hal qiluvchi o‘yinlarga tayyorlanish jarayoniga xalaqit beradi, xolos. Ikkinchi tomondan, parijlarda tajriba yetarli va ayni payt ular uchun kamida yarim finalga chiqish katta ahamiyat kasb etadi. Ammo qur’a «hukmi»ga qarasak, buning imkoni juda past. Boz ustiga, «Barselona» ayni payt La-ligada «Real»dan ortda qolyapti va shu bois, CHLga jiddiy yondashishi aniq. Yetuk bashoratchilar hozirda aynan Kataloniya klubini eng ehtimoli katta g‘olib sifatida tilga olishyapti, garchi dekabr oyidagi o‘yinlari uncha o‘xshamagan bo‘lsada. Umuman, Lionel Messi, Neymar va Luis Suares safda bo‘lishsa va o‘ynovchi-murabbiy maqomidagi Andres Inyesta qandaydir muammo sezmasa, unda «PSJ»ning holiga havas qilish noo‘rin.

Taxmin: «Barselona» CHLga ko‘proq e’tibor qaratadi. Unai Emeri boshqaruvidagi «PSJ»ga omad kulib boqmadi - parijliklar yaxshi o‘ynashadi, ammo kataloniyaliklar darajasida emas.


«BENFIKA» - «BORUSSIYA» D.

Klublarning UYEFA reytingidagi o‘rni: 8 -7
Klublar tarkibining umumiy bahosi (transfermarkt.de portali ma’lumoti bo‘yicha): 202 mln. yevro - 351 mln. yevro.
Klublarning CHL «pley-off» raundidagi tajribasi: chorak final - o‘ynamagan, bahorda YEL yarim finaliga chiqdi.
Klublarning yetakchi futbolchilari: Salvio, Chervi, Grimaldo, Luizao - Obameyang, Vaygl, Dembele, Sokratis, Roys.
Klublarning o‘yin bobidagi ustun taraflari: effektli hujum, qarshi hujum, pozision yurish, vaziyatlar yaratishdagi yengil harakat - to‘p nazorati, tartibli uzatma, samarali hujum, qanotlar orqali o‘ynash, to‘p bilan tezkor ishlash.

Umumiy hisob: 3:1 - «Borussiya» foydasiga.

UYEFA reytingi bo‘yicha gapirsak, bu jamoalar kuchi teng 7-8-o‘rinlar ularga tegishli. Lekin tushunarliki, «Benfika» bir qarashda, juftlik autsayderidek ko‘rinadi, garchi o‘yin darajasi chakki bo‘lmasada. Portugal jamoasi tarkib, uslub va o‘rinlar almashuvi ustida ishlash salohiyatiga ega. «Burgutlar» klubi shuning barobarida - professional sotuvchi. «Benfika» mudom yetakchilardan ayrilishga odatlanib ulgurgan. Shunga qaramay, yevrokuboklarning «pley-off» raundlarida ishtirok etishga bemalol jazm etadi. Yetakchilarni yo‘qotish dortmundliklar uchun ham xos xilqat. «Borussiya»ning CHLda «hayot yoki o‘lim» miqyosidagi o‘yinlarni sog‘inib qolgani aniq. Zero, jamoa o‘tgan mavsum YELda ishtirok etdi va finalga chiqishiga bir bahya qoldi. Endi dortmundliklar yo‘liga Yurgen Klopp to‘siq qo‘yolmaydi, shunday ekan, Tomas Tuxel portugallarga qarshi o‘yinlarda yaxshigina imkoniyatga ega.

Taxmin: «Benfika» bemalol raqibini asabiylashtirishi mumkin, ammo keyingi raundga «Borussiya» yo‘l olsa kerak, baribir. To‘g‘ri, bu juftlikda farq avvalgilaridagidek katta emas.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:17, 14.02.2017.
O'qildi: 11627 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.