"Borussiya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel chempionlar ligasining 1/8 finalida "Benfika"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) sabablarini keltirdi.
"Biz yaxshi emas, ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Biz faqat ikkinchi bo‘limning boshida yomon o‘ynadik, xolos. Shunday o‘yin ko‘rsatib mag‘lub bo‘ldik. Bunaqasi futbolda bo‘lib turadi. Baxtimizga javob uchrashuvi bor.
Obameyang Afrika kubogidan so‘ng hali o‘zini tiklagani yo‘q. U urolmagan penaltidan so‘ng yaxshi o‘ynay olmasligi ma’lum edi. Juda xafaman, ammo bugungi o‘yinimizdan faxrlanaman", - deydi Tuxel.